Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Sanoat robotlari
asosan qo`l mehnatini va transport operatsiyalarni 
avtomatizatsiyalash uchun har xil sanoat sohalarida qo`llaniladi. Asosan ular 
mashinasozlik va asbobsozlikda, tog`-kon sanoatida, avtomobilsozlikda, neft va 
kimyo sohasida, metallurgiya, atom sanoati va h.k.larda ishlatiladi. 
Masalan, avtomobilsozlikda robottexnik komplekslar elektrkontaktli 
payvandlashda keng qo`llaniladi. 2.2.7-rasmda Sank-Peterburgdagi avtomobil 
yig`ish zavodida 
Hyundai Solaris
kuzovini payvandlash sexi ko`rsatilgan. 


86 
2.2.7-rasm. Avtomobil yig`ish zavodida avtomobil kuzovini payvandlash sexi 
Bajaradigan operatsiyalari turi bo`yicha barcha sanoat robotlari 
texnologik
va 
yordamchi
robotlar turiga bo`linadi. 
Texnologik 
robotlar 
asosiy 
texnologik 
operatsiyalarni 
bajaradi, 
yordamchilari esa asosiy texnologik jihozlarga xizmat ko`rsatish ishlarini bajaradi. 
Yordamchi robotlarni avtomatlashtirish vositalariga kiritadilar. 
Operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga qarab sanoat robotlari 
maxsus, 
maxsuslashtirilgan va universal
turlarga bo`linadi. Maxsus SRlari bitta konkrekt 
vazifani bajaradi (m., payvandlash, ma`lum yig`ish operatsiyasi yoki bo`yash va 
h.k.). Maxsuslashtirilgan SRlari bir nechta bir-biriga o`xshash ishlarni bajaradi (m., 
ishchi asboblari almashtiriladigan yig`ish robotlari, ma`lum turdagi texnologik 
jihozlarga xizmat ko`rsatish robotlari va h.k.). Universal robotlar o`zlarining texnik 
imkoniyatlari darajasida har xil asosiy va yordamchi operatsiyalarni bajaradi. 
Qurilish robotlari
qo`l me`natini va og`ir ishlarni avtomatlashtirishda 
ishlatiladi. Hozir bu juda dolzarb masala hisoblanadi. 
Robot 
ERO Concrete Recycling Robot
(betonni qayta ishlash roboti) beton 
inshootlarni tez va samador demontaj qilish uchun yaratilgan (2.2.8-rasm).


87 
O`zining unikal texnologik yechimlari evaziga robot bu ishni chiqindisiz
changitmasdan bajaradi, ajratib olingan ko`pgina materiallarni ikkinchi marta uy 
qurish uchun ishlatish mumkin. Betonni buzish katta bosim ostidagi suv oqimi 
ta`sirida bajariladi. Shu vaqtda vakuum sistemasi hosil bo`lgan substantsiyani so`rib 
yig`ib oladi. Robot separatori sement, suv va boshqa chiqindini ajratadi. Shunday 
qilib, ho`l beton qorishmasi germetik taraga upakovkalanadi, suv filtrdan o`tib, 
qaytib sistemaga beriladi, chiqindilar maxsus qoplarga solinadi (2.2.9-rasm).

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin