62
2.1.5-rasm. Sanoat roboti МПС-9С
2.1.2. Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari
Sanoatda qo`llaniladilan mexatronik qurilmalarni
moslashuvchan ishlab
chiqarish tizimlari
asosi deb qarash mumkin.
Moslashuvchan ishlab chiqarishni
quyidagicha tushunish mumkin:
texnologik tizimni tez va uncha ko`p mehnat va boshqa xarajatlar talab qilmasdan
yangi yoki modernizatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish uchun yoki yangi
texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qayta tashkil etish xususiyati
tushuniladi. Shu bilan birga ishlab chiqaradigan mahsulotning sifatini va uni
ishlatishdagi ishonchliligini oshirish masalasi ham ijobiy hal etilishi kerak.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimi ko`p bosqichli
ierarxik strukturaga
ega.
Pastki bosqichi ayrim ob`ektlarning - ma`lumotni tahlil qilish va boshqarish
mikroprotsessorlari bilan ta`minlangan texnologik tizimning bajarish moslamalari
(masalan, stanok), hamda ob`ektning holati va texnologik operatsiya parametrlarini
o`lchaydigan datchikni dasturiy boshqarishdan iborat.
Tahlil qilish va boshqarish uchun ma`lumotlar mikroprotsessorga
yetkaziladi.
63
Bundan tashqari, bu ma`lumotlar (yoki ularning bir qismi)
keyingi
bosqichga, ya`ni, bir nechta stanoklar, robotlar va yordamchi mexatronik jihozlarni
o`z ichiga olgan moslashuvchan ishlab chiqarish moduliga (MIChM) yuboriladi.
MIChM ning mikroEHMi modulning har bir ob`ektidan ma`lumotlarni
oladi, ularni hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, har biri uchun alohida
boshqarish tizimini shakllantiradi hamda texnologik jarayonlarning borishi
to`g`risida kerakli ma`lumotlarni tizimning keyingi bosqichiga yetkazadi (2.1.6-
rasm).
Ba`zi bir modullar moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar (MAU)
va moslashuvchan avtomatlashtirilgan texnologik tizimlarga (MATT) biriktiriladi.
Uchastka va tizim pastki bosqichdan ma`lumotlarni,
yuqori bosqichdan esa
topshiriqlarni olib, ularni o`zining EHM yordamida avtomatlashgan tarzda
solishtiradi hamda moslashuvchan ishlab chiqarish sistemasining quyi bosqichlariga
topshiriq beradi. Texnologik jarayon uchun topshiriqlar EHM xotirasiga avvaldan
kiritib qo`yilgan bo`lib, ular tayyorlanadigan mahsulot turiga qarab o`zgartirishga
moslashtirilgan.
MAU va MATT tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini va
qo`shimcha texnologik parametrlarni nazorat qilish uchun avtomatlishtirilgan
uskunalar
kiritilgan, bunda EHM barcha modullarning berilgan parametrlar va
algoritm bo`yicha hamkorlikdagi ishini muvofiqlashtiradi.
MAU va MATTdan tashqari sexning moslashuvchan ishlab chiqarish
sistemasi avtomatlashtirilgan tayyor mahsulotlar,
detallar, asboblar va sexning
tayyor mahsulotlari uchun omborxona, sex ichida yuradigan avtomatlashtirilgan
transport, avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimi, sex texnologik xizmati,
dispetcherlik xizmati, mahsulotni texnik nazorat qilish bo`linmalari va h.k.ni o`z
ichiga oladi. Bunda ularning barchasi maxsus dastur bilan ta`minlangan va qayta
moslashtirishga mo`ljallangan EHM bilan boshqariladi.
Ishlab chiqarishda o`zida o`lchov-nazorat va diagnostik apparaturani hamda
axborotni
qayta
ishlash
mikroprotsessorli
vositalarni
mujassamlantirgan
64
komplekslarni birlashtirgan texnik nazoratlash va jihozlarni har qanday darajada
diagnostikalash muhim rol o`ynaydi.
Dasturlar orqali boshqaraladigan o`lchov moslamalari qayta aloqa vazifasini
bajaradi, bunda moslamalar texnologik jarayondan chiquvchi o`lchov
natijalarini
sifat nazorati talablariga mos holda jarayonni muvofiqlashtirish uchun qayta
yuboradi.
Dostları ilə paylaş: