68
Asosiy modul foydalanuvchi bilan hamkorlikda ishlash (klaviatura va
monitordan foydalangan holda interfeysni ta`minlash) funktsiyasini, tahlil qilish,
dasturni tayyorlash va interpolyatsiyalash vazifasini bajaradi.
U
Atmel ATmegal28
mikrokontroller,
EEPROM
19
xotira va
Flash
20
kengaytirilgan xotiradan iborat. RDB tizimining bir yoki bir nechta dasturlari DAM
yordamida mikrokontrollerning
Flash
xotirasiga yozib olinadi va u yerdan ijro etish
uchun yuboriladi. Yuborilgan topshiriq (dastur) noto`g`ri topshiriqlar berilishi yoki
belgilangan
xarakteristikasidan
oshirishi
(masalan,
tezlikni
maksimal
belgilangandan oshirish) oldini olish maqsadida qayta o`rganib chiqiladi.
Menyu tizimi ish parametrlarini moslashtirib sozlash va qo`shimcha xizmat
ko`rsatish funktsiyalarini bajarishga imkoniyat beradi. 2 kGts chastotada ishlovchi
taymer fazani boshqaruvchi signalni chiqish moduliga berishni ta`minlaydi.Ushbu
taymer parallel ravishda boshqa vazifalarni ham bajarishga yordam beradi:
klaviatura kontrolleriga so`rov o`tkazish, displeyga ishlov beruvchini chaqirish
(interpolyatsiya jarayonida o`zgaruvchan ma`lumotlarni displeyga chiqarish uchun).
Dostları ilə paylaş: