58
Bu yerda tizimni tashkil etuvchi yacheykalar
bir-biri bilan bevosita
bog`langan. Shuning uchun bu tizimda operatsiyalararo transport tizimi
ishlatilmagan, predmetlar bir yacheykadan ikkinchisiga yordamchi sanoat robotlari
yordamida uzatiladi.
Bunday tizimlar juda ham sodda, lekin bu yerda asosiy
texnologik jihozlar orasidagi masofa juda ham aniq bo`lishi lozim.
2.1.2.-rasm. Chizigli komponovkalangan sovuq shtampovkalash bir oqimli
robotlashtirilgan texnologik tizim sxemasi
TJ – asosiy texnologik jihoz; SR-sanoat roboti; M-zagotovkalarni donalab berish
magazini
Bunday komponovkalash texnologik jihozlarda detallarga ishlov berishning
kichik davrli jarayonlari uchun qo`llaniladi (birlik
detallar, 10 soniyali). Bunda
misol qilib sovuq yupqa listli shtampovkalashni aytish mumkin.
Texnologik
jihozlarda ko`proq ishlov berish vaqti talab qilinadigan jarayonlar uchun boshqa
turda tashkil etilgan komplekslar ishlatiladi, bunda bitta SR bir nechta texnologik
jihozga xizmat ko`rsatadi. 2.1.3-rasmda xuddi
shunday komplekslardan biri
ko`rsatilgan. Bunda 3 ta texnologik jihoz doira shakli bo`ylab joylashtirilgan bo`lib,
ularga oralarida turgan faqat 1 ta SR xizmat ko`rsatadi.
59
2.1.3-rasm. Detallarga mexanik ishlov berishning doiraviy
komponovkalangan
robotlashtirilgan texnologik tizim sxemasi
MTlarning rivojlanishi natijasida SRlarning asosiy texnologik jarayonlarda
qo`llash ulushi ham ortib bormoqda. Bunda kapital xarajat ko`proq bo`lsa ham,
baribir ishchi o`rinlari bo`shalishi va ish sifatining oshishi natijasida samaradorlik
oshadi.
Bundan tashqari, inson uchun zararli bo`lgan operatsiyalarni (bo`yash,
payvandlash va h.k.) larni, hamda monoton operatsiyalarni (konveyerda yig`ish
jarayoni) MT bajarishi natijasida ijtimoiy samaraga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: