60
•
kelgusi yig`ish pozitsiyasiga moslashtirilgan
holda detallarni aniq
pozitsiyaga joylashtirish;
•
yig`ish
operatsiyasi, ya`ni detallarni bir-biriga bog`lagan va kerak
bo`lganda mahkamlagan holda yig`ish;
•
yig`ish davrida o`lchov-nazorat ishlari;
•
yig`ilgan uzellarni yig`ish joyidan boshqa
operatsiyalarni amalga
oshiruvchi joyga yuborish.
2.1.4-rasmda universal SR asosida qurilgan yig`uvchi robototexnik
komplekslarga misol ko`rsatilgan. Kompleks quyidagilarni o`z ichida oladi:
ko`taruvchi rama;
aylanuvchi stol; yuklovchi va yo`naltiruvchi qurilmalar;
mahkamlash
vositalari; kabel uzellar; kompleksni
boshqarish qurilmasi;
muvofiqlashtirish bloklari va EHM bilan bog`lanish qurilmasi.
Bu kompleksda
МП-9С
tipidagi universal pnevmatik SR qo`llanilgan.
Kompleks radiopriyomniklar kontur katushkalrini yig`ish uchun mo`ljallangan. U
quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
•
kassetadan katushka karkaslarini olish;
•
o`ram (cho`lg`am)lar
chiqish joyini flyuslash;
•
chiqish joylarini kavsharlash;
•
chiqish joylarini yuvish;
•
karkaslarni aylanuvchi stol maxsus joylariga joylashtirish;
•
karkasga xalqa
kiydirish;
•
serdechnikni aylantirib o`rnatish;
•
ekranni kiydirish;
•
katushkani markirovkalash;
•
kassetaga tayyor kontur katushkani joylashtirish.