Zbekiston respublikasi


-rasm. Kompakt-disklar yuritmasining ichki tuzilishi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
2.4.14-rasm. Kompakt-disklar yuritmasining ichki tuzilishi 
 


121 
Elektron platada diskovodni boshqaruvchi barcha sxemalar –interfeys 
kontroller bilan, interfeys raz’yomlari va tovushli signal chiqish joyining ikki 
kontaktli raz’yomi joylashgan (2.4.15-rasm). 
Shpindelli dvigatel doimiy yoki o`zgaruvchan chiziqli tezlik bilan diskni 
aylantirishga mo`ljallangan. Doimiy chiziqli tezlikni saqlab turish uchun optik 
golovkaning holatiga qarab diskning aylanish burchak tezligini o`zgartirish talab 
qilinadi.
Fragmentlarni qidirish jarayonida optik golovka fragmentlarni o`qishga 
nisbatan tezroq aylanadi, shuning uchun dvigatel yuqori dinamik xarakteristikaga 
ega. 
Shpindel o`qiga ferromagnit taglik o`rnatilgan bo`lib, uning yuzi kompakt-
disk siljib ketmasligi uchun rezina yoki yumshoq plastik bilan qoplangan. Disk 
o`rnatilgandan so`ng, u yuqorida joylashgan doimiy magnitli shayba yordamida 
taglikka qistiriladi. 
 
2.4.15-rasm. CD-ROM diskovodning ishlash printsipi. 
Optik 
golovka 
sistemasi 
tarkibiga
golovkaning 
o`zi 
va 
uni 
harakatlantiradigan mexanizm kiradi. Golovkada infraqizil lazerli svetodiod asosida 
ishlangan nurlagich, fokuslash uchun moslama, fotopriyomnik va dastlabki 
kuchaytirgich joylashtirilgan. Fokuslash uchun moslama bo`lib elektromagnit 


122 
g`altak yordamida harakatlantiriladigan linza xizmat qiladi. Magnit maydoni 
kuchlanishi o`zgarishi bilan linza harakatlanadi va lazer nurining fokusi o`zgaradi. 
Kam inertsiyali bo`lganligi sababli bu tizim diskning vertikal urilishlarini samarali 
kuzatib boradi. Fokuslash aniqligi ±1 mkm (nur dog`i diametri 0,9 mkm bo`ladi).
Optik golovkani harakatlantirish mexanizmining o`z dvigateli bor, u 
karetkani tishli yoki chervyakli uzatma orqali harakatlantiradi. Lyuft oldini olish 
maqsadida oldingi kuchlanish bilan bog`langan (chervyakli uzatma uchun bu 
ergashuvchi shesternyaning prujinalari bo`lib hisoblanadi). Treking koordinatasi 
bo`yicha harakatlantirish aniqligi (radius bo`yicha) -0,1 mkm. 
Diskni kiritish moslamasi o`zi yurar lotok yordamida amalga oshiriladi, 
nakopitelning qabul qilish tirqishiga to`g`ridan-to`g`ri o`rnatish bilan ham amalga 
oshirish mumkin. Barcha hollarda nakopitel lotokni kiritish-chiqarish dvigateliga 
hamda ramani harakatlantiruvchi moslamaga ega. Bu ramada shpindel va optik 
golovkaning yuritmasi bilan mexanik qism o`rnatilgan, disk joyiga tushganda u 
ishchi holatga keltiriladi. 
Boshqarish tizimi bir kristalli mikro EHM asosida yaratilgan bo`lib, 
CD-
ROM
ning barcha qismlari ishini muvofiqlashtiradi, oldingi operatsiya to`liq 
bajarilgandan so`ng, yangi topshiriqni bajarish buyruq’ini beradi. 
Kompakt disklarning yuritmasida bir nechta asosiy elementlarni ajratish 
mumkin (2.4.16-rasm): lazerli diod, servomotor, optik tizim (nur tarqatuvchi 
prizmasi bilan) va fotodetektor. Kompakt diskdagi ma`lumotlarni o`qish va unga 
yozib olish lazer nur orqali olib boriladi. Optik diskning yuzasi lazer golovkaga 
nisbatan o`zgarmas chiziqli tezlikda aylanadi, burchak tezlik esa golovkaning radial 
joylashuviga qarab o`zgarib boradi. Shunday qilib, tashqi yo`lakchalardagi 
ma`lumotlarni o`qish kattaroq, ichki yo`lakchalardagi ma`lumotlarni o`qish esa 
kichikroq aylanishlar soni bilan amalga oshiriladi. Aynan shu xossa kompakt 
diskdagi ma`lumotlarni vinchesterlarga nisbatan past tezlikda o`qishga sabab 
bo`ladi. Servomotor ichki protsessorning topshirig`iga asosan nur qaytaruvchi 
oynani siljishiga olib keladi. Bu lazer nurni aynan kerakli yo`lakchaga yo`naltirishga 


123 
imkon beradi. Nur plastikning himoya qobig`idan o`tib, disk yuzasidagi alyuminiy, 
kumush yoki oltin yugurtirilgan qavatiga yetib keladi. 
Nur qavariqlikka kelib tushsa, detektorda akslanadi, prizmadan o`tib 
yorug`likka ta`sirchan diodga kelib tushadi. Agar nur botiqlikka (pitga) kelib tushsa, 
u tarqaladi va kam qismi qaytarilib svetodiodgacha yetib keladi. Diodda yorug`lik 
impulslari elektr impulslariga o`zgartiriladi: yorqin nurlar birga, past nurlar esa 
zaiflashib – nolga aylanadi. Shunday qilib, botiqliklar diskovod tomonidan 
mantiqan 
nol
deb, tekis yuza esa 
mantiqan bir
deb qabul qilinadi. Lazer nurlar bilan tashkil 
qilingan pitlar o`lchamlari juda ham kichik, 30-40 pitlar odam sochi qalinligiga teng 
(taxminan 50 mkm). 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin