Zbekiston respublikasi


-rasm. Innovatsion robot-jarroh SOFIE



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
2.4.11-rasm. Innovatsion robot-jarroh SOFIE 
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Sofie_(surgical_robot)  
Gollandiya olimi tomonidan yaratilgan SOFIE boshqa robotlarga nisbatan 
o`lchamlarining kichikligi va operatsiya stolida o`rnatilishi bilan ajralib turadi. Bu 
o`z navbatida stol balandligi yoki qiyaligini o`zgartirganda, “jarrohni” qayta 
moslashtirish zaruriyati tug`ilmaydi. 
Sun’iy yurak – 
inson yashashi uchun lozim bo`lgan geodinamika 
parametrlarini ta’minlab beruvchi texnologik qurilma.
Bugungi kunda mavjud donor yuraklar zarur bo`lgan ehtiyojni qondira 
olmaydi, shuning uchun avtonom, implantatsiya qilinadigan “sun`iy yurak” kabi 
portativ uskunalarni yaratish juda muhim bo`lib hisoblanadi. Bu uskunalar ta`minot 
manbasi, ishchi yoki ijrochi organga energiyani etkazib beruvchi harakat
o`zgartirgich, kompyuterli boshqaruv tizimidan iborat.
Bugungi kunda sun’iy yurak o`z ichiga ikki guruh texnik moslamalarni oladi. 
Birinchisi – gemooksigenatorlar
(sun`iy qon aylanish apparatlari) Arterial 
nasos «
CardioWest
» (2.4.12-rasm). Ular qonni tortib oladigan arterial nasos va 


118 
qonni kislorod bilan to`yintiradigan oksigenator blokidan tashkil topgan. Bu 
apparatlar kardioxirurgiyada yurakda operatsiya qilish jarayonida keng qo`llaniladi. 
Ikkinchi guruhga kardioprotezlar
, ya’ni, odam organizmiga yurak 
mushagini o`zgartirish, bemorning hayot tarzini yaxshilash maqsadida implantatsiya 
qilinadigan uskunalar. Bugungi kunda bu kabi protezlar eksperimental ravishda 
klinik sinovlardan o`tkazilmoqda. 
AbioCor
(2.4.13-rasm)– og`ir yurak etishmovchiliklarida qo`llaniladigan 
sun`iy yurak apparati bo`lib hisoblanadi. 
AbioCor
Massachusetsning 
Abiomed
kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Apparat odam organizmining ichida to`liq 
joylashtiriladi, tashqi tomondan teri orqali zaryad oladigan ichki akkumulyatori bor, 
bu bemorga turli xil o`tkazgich simlarni ulash oldini oladi, shu bilan infektsiyalar 
bilan zararlanishdan xalos etadi. 
AbioCor
faqat ma`lum vazn va bo`yga ega bo`lgan bemorlarda ishlatilishi 
sababli, klinik sinovlar davrida faqat erkaklarda qo`llanilgan. Apparatning ishlash 
davomiyligi 18 oyni tashkil qiladi. AQSHda dori va oziq-ovqat vositalari 
boshqarmasi (
FDA
) tomonidan apparatga 2006 yilda ruxsat berilgan. 
Boshqa an`anaviy mexatronik sohalariga nisbatan tibbiy mexatronika sohasi 
shiddat bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga tibbiy mexatronikani qo`llashni saqlab 
turuvchi faktorlarni ham eslab o`tish lozim. Psixologik faktor ular orasida eng 
asosiysi bo`lib, u bemor va tibbiyot xodimlari orasidagi munosabatlarga bog`liq. 
Psixologik faktor mexatronikani odam organizmi uchun muhim bo`lib hisoblangan 
aralashuvga ishonchsizlikka olib keladi. Bu munosabatlarni o`zgartirish uchun, 
mexatronikani tibbiyot instrumenti, vrachning aralashuvi deb qabul qilish kerak, 
bemorga mexatronikaning ahamiyati va zararsizligini tushuntirish lozim. 


119 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin