116
shoh pardasida yuqori aniqlikda kerak bo`lgan chuqurlik va qiyalikda kesimlarni
amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Yana bir misol qilib mikroneyroxirurgiya sohasini olish mumkin.
Buyuk
Britaniyada miyada mikrojarrohlik operatsiyalarni bajarish uchun tibbiy robotlar
yaratilgan (2.4.10-rasm).
2.4.10-rasm. Robot ishtirokida jarrohlik operatsiyasi
Robotlashtirilgan
tibbiyotning bir kamchiligi, bu jonli aloqa yo`qligidir,
xirurg asbobning qanchalik kuch bilan ishlatishni nazorat qila olmaydi. Bu
muammoni yechish uchun Eyndxoven Texnologiyalar Universiteti (
Eindhoven
University of Technology
)
mutaxassisi
Linda van den Bedem
tomonidan
yangi
SOFIE (
Surgeon’s Operating Force-feedback Interface Eindhoven
)
tizimi
yaratilgan.
SOFIE nazorat panelida joylashtirilgan joystiklar yordamida boshqariladi,
asbobga berilgan kuch orqali to`qimalarga beriladigan kuch muvofiqlashtiriladi. Bu
tizim manipulyatorning ipni tortish kuchini
nazorati qilishi tufayli, operatsiyadan
keyingi choklarni qo`yishda juda qo`l keladi (2.4.11- rasm).