2.4.4 –rasm. Yo`l boshlovchi robot
Manba: https://tachilab.org/projects/meldog.html
Robotning orqa devoriga hududning xaritasini o`qish moslamasi – klavishli
panel, ovqat uchun lotoklar va akkumulyator uchun tokcha o`rnatilgan.
Hududdagi to`siqlarni aylanib o`tish strategiyasi EHM yordamida hal etiladi.
Olingan birlamchi ma`lumotlar mantiqan o`rganib chiqiladi va xaritaga
joylashtiraladi. Robotning oldidagi datchiklar yo`lni o`rganadi, to`siqni aniqlaydi,
robot EHMi esa to`siq agar harakat qilayotgan bo`lsa, uning uzoqlashishini kutadi,
agar harakatsiz bo`lsa, uni aylanib o`tish yo`lini belgilab beradi. Barcha harakatlar
va amallar mashina xotirasiga yozib olinadi. Agar xatoliklar aniqlansa, barcha
amallar va turli xil variantlar qayta ko`rib chiqiladi va boshqaruv tizimida
korrektsiya qilinadi. Mobil robotni avtonom rejimda harakatlanishini o`rgatish
muddati marshrutning murakkabligi, shifoxona eshiklari va yo`laklari kengligiga
bog`liq.
112
2.4.5-rasm. HelpMate tibbiy roboti
Tirsak bo`g`imi uchun bilak bilan yoki bilakni qo`shmagan holda passiv
harakatini avtomatik korrektsiyalashga mo`ljallangan
Kinetec 6080 elbow CPM
trenajyori (2.4.6-rasm). Bu trenajyor ishlatish uchun yengil va qulay bo`lib, krovatda
ham, kresloda o`tirgan vaqtda ham ishlatish mumkin. Trenajyor operatsiyadan
keyingi bo`g`im harakatlarining cheklanishi oldini oladi.
Klinik robotlar.
Klinik robotlar asosiy uchta masalani yechishga
mo`ljallangan:
kasalliklarni tashhislash, terapevtik va jarrohlik davolash.
EHM
bilan boshqariladigan turli xil tibbiy uskunalarning ommaviy ishlab chiqarilishi
vrachlik amaliyotiga katta ta`sir ko`rsatdi.
Ekranda tekshirilayotgan inson organini ko`rsatib turuvchi (masalan: EHM
bilan boshqariladigan tomografli) diagnostik tizimlarda mexatronika va robotexnika
elementlari ishlatilib kelinmoqda.
Ichki organlar tasvirini olish uchun ishlatiladigan energiya turiga qarab
kompyuter tomograflarning bir necha xil turlari mavjud. Quyida rentgenli tomograf
ishini ko`rib chiqamiz.
|