74
oshadi.
Bundan tashqari, inson uchun zararli bo`lgan operatsiyalarni (bo`yash,
payvandlash va h.k.) larni, hamda monoton operatsiyalarni (konveyerda yig`ish
jarayoni) MT bajarishi natijasida ijtimoiy samaraga erishiladi.
*
Sanoatda qo`llaniladilan mexatronik qurilmalarni moslashuvchan ishlab
chiqarish tizimlari asosi deb qarash mumkin. Moslashuvchan
ishlab chiqarishni
quyidagicha tushunish mumkin: texnologik tizimni tez va uncha ko`p mehnat va
boshqa xarajatlar talab qilmasdan yangi yoki modernizatsiyalangan mahsulot ishlab
chiqarish uchun yoki yangi texnologik jarayonlarni
amalga oshirish uchun qayta
tashkil etish xususiyati tushuniladi.
* Dasturlar orqali boshqaraladigan o`lchov moslamalari qayta aloqa
vazifasini
bajaradi, bunda moslamalar texnologik jarayondan chiquvchi o`lchov
natijalarini sifat nazorati talablariga mos holda jarayonni muvofiqlashtirish uchun
qayta yuboradi.
* Raqamli dasturli boshqariladigan stanoklar
tipik mexatron tizimlar
hisoblanadi. Ular metalldan, yog`ochdan, plastmassadan
ishlangan mahsulotlarga
mexanik ishlov berish uchun ishlatiladi. Harakat modullari ishini dastlab dastur
yuklangan stanokning raqamli sistemasi boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: