118
qonni kislorod bilan to`yintiradigan oksigenator blokidan tashkil topgan. Bu
apparatlar kardioxirurgiyada yurakda operatsiya qilish jarayonida keng qo`llaniladi.
Ikkinchi guruhga kardioprotezlar
, ya’ni, odam organizmiga yurak
mushagini o`zgartirish, bemorning hayot tarzini yaxshilash maqsadida implantatsiya
qilinadigan uskunalar. Bugungi kunda bu kabi protezlar
eksperimental ravishda
klinik sinovlardan o`tkazilmoqda.
AbioCor
(2.4.13-rasm)– og`ir yurak etishmovchiliklarida qo`llaniladigan
sun`iy yurak apparati bo`lib hisoblanadi.
AbioCor
Massachusetsning
Abiomed
kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Apparat odam organizmining ichida to`liq
joylashtiriladi, tashqi tomondan teri orqali zaryad oladigan ichki akkumulyatori bor,
bu bemorga turli xil o`tkazgich simlarni ulash oldini oladi, shu bilan infektsiyalar
bilan zararlanishdan xalos etadi.
AbioCor
faqat ma`lum vazn va bo`yga ega bo`lgan bemorlarda ishlatilishi
sababli, klinik sinovlar davrida faqat erkaklarda qo`llanilgan. Apparatning ishlash
davomiyligi 18 oyni tashkil qiladi. AQSHda dori va oziq-ovqat vositalari
boshqarmasi (
FDA
) tomonidan apparatga 2006 yilda ruxsat berilgan.
Boshqa an`anaviy mexatronik sohalariga nisbatan tibbiy mexatronika sohasi
shiddat bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga tibbiy mexatronikani qo`llashni saqlab
turuvchi faktorlarni ham eslab o`tish lozim. Psixologik
faktor ular orasida eng
asosiysi bo`lib, u bemor va tibbiyot xodimlari orasidagi munosabatlarga bog`liq.
Psixologik faktor mexatronikani odam organizmi uchun muhim bo`lib hisoblangan
aralashuvga ishonchsizlikka olib keladi. Bu munosabatlarni o`zgartirish uchun,
mexatronikani tibbiyot instrumenti, vrachning aralashuvi
deb qabul qilish kerak,
bemorga mexatronikaning ahamiyati va zararsizligini tushuntirish lozim.