184
3.3.2-rasm. P’yezoelektrik effektning ko`rinishlari
P’yezoelektrik dvigatellar
(PED)ning ishlash
printsipi maxsus ishlov
berilgan keramik materiallardagi teskari p’yezoelektrik effektga asoslangan.
PEDlar bazasida mikroharakatlarni amalga oshirish
uchun yangi harakat
modullari ishlab chiqilgan.
P’yezoelement
– ma’lum shakl va kristallografik o`qlarga
nisbatan
orientatsiyasiga ega bo`lgan va p’yezoelektrik
materiallardan tayyorlangan
elektromexanik o`zgartirgichdir. U yordamida mexanik energiya elektrik energiyaga
o`zgartiriladi (to`g`ri effekt), elektrik energiya mexanikka o`zgartiriladi (teskari
effekt).
Konstruktiv jihatdan p’yezoelement elektrod o`rnatilgan p’yezokeramikadir.
Uning shakli har xil bo`lishi mumkin: disk, xalqa, trubka, plastina, sfera va boshqa
shakllarda. Vibrator va generatorlarda xarakteristikalarni
yaxshilash uchun
p’yezoelementlarning bir nechtasi ishlatiladi.
3.3.3-rasm (
a
)da ilgarilanma deformatsiya “cho`zilish-qisish”
bilan
ishlaydigan mikrop’yezoyuritmaning asosiy elementi sxemasi ko`rsatilgan.