Zbekiston respublikasi


-rasm. Rostlanadigan klapandagi membranali pnevmatik yuritma



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
3.2.24-rasm. Rostlanadigan klapandagi membranali pnevmatik yuritma
 
Manba: http://www.hydro-pnevmo.ru/topic.php?ID=41 


181 
Asosiy tayanch so`z va iboralar 
Gidroyuritma; gidrotsilindr;
gidromotor; gidrodvigatel; pnevmoyuritma; porshenli 
pnevmatik yuritmalar; pnevmomotor; pnevmodvigatel; silfonli pnevmatik 
yuritmalar; membranali pnevmoyuritmalar 
Asosiy tayanch tushunchalar 
* Gidroyuritma – 
bu gidravlik energiya yordamida mashina va 
mexanizmlarni harakatga keltiruvchi qurilmalar majmuasidir. 
Gidroyuritmaga yuritma dvigateli va mashina yoki mexanizm orasidagi 
qurilma deb qarash mumkin. U mexanik uzatmalar (reduktor, tasmali uzatma, 
krivoship-shatun mexanizmi va h.k.) funktsiyasini bajaradi.

Ikkita guruh gidroyuritmalar bo`ladi: 
gidrodinamik
va 
hajmli

Birinchisida harakatlanayotgan suyuqlikning kinetik energiyasidan 
foydalaniladi va uning harakat tezligi hosil qilinayotgan quvvatga to`g`ri 
proportsional. Ikkinchisida bosim kuchi kerak, ishchi suyuqlikning harakat tezligi 
unchalik katta emas. 

Chiqish zvenosining harakat turiga qarab gidroyuritmalar quyidagilarga 
bo`linadi: gidrotsilindrlar (ilgarilanma-qaytarma harakat); gidromotorlar (aylanma 
harakat); gidrodvigatellar (zvenoni ma’lum burchakka aylantirish). 

Pnevmoyuritma (
yunon.
 
pnéuma
— havo, havo yurishi)
- bu qisilgan havo 
energiyasini mexanik ishga o`zgartiruvchi va mashina va mexanizmlarni harakatga 
keltiruvchi qurilmalar majmuasidir. 
* Umumiy jihatdan pnevmoyuritmada energiya uzatilishi quyidagicha 
bo`ladi: kompressordan energiya ishchi gazga energiya etkazadi (gazga bosim 
berilib qisiladi); gaz pnevmoquvurlar orqali rostlovchi apparaturadan o`tib 
pnevmodvigatelga keladi va bu yerda siqilgan havo energiyasi mexanik energiyaga 
aylantiriladi. 
* Pnevmoyuritmalar gidroyuritmalarga o`xshab ishchi organi harakatiga 
qarab 3 turga bo`linadi: pnevmotsilindrlar (ilgarilanma-qaytarma harakat); 


182 
pnevmomtorlar (aylanma harakat); pnevmodvigatellar (zvenoni ma`lum burchakka 
aylantirish). 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin