Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
 
3.2.19-rasm. Reykali-tishli uzatmali aylanuvchi pnevmoyuritmalar 
Bunday pnevmodvigatellar hosil qiladigan aylantiruvchi moment 
odatda150N·m ni tashkil qiladi (porshen diametri 100 mm da). 
Plastinali (shiberli) aylanuvchi pnevmodvigatel (3.2.20-rasm) shunday 
yasalganki, korpus ichiga yuborilgan qisilgan havo plastina (shiber) 
1
ga 
ta’sirlashadi. Plastina silindr shakldagi korpus 
4
o`rtasida joylashgan chiquvchi val 
2
bilan mahkam bog`langan. Havo bo`shliq 
3
ning plastina ajratib boradigan bir 
qismidan ikkinchisiga sizib o`tib ketmasligi uchun plastina rezinali yoki 
plastmassali qobiq bilan yasalgan. Plastinaning aylanish burchagi chegaralovchi 
5
ning o`lchamlariga bog`liq bo`lib, standart konstruktsiyalarda 90, 180 va 270° larda 
bo`ladi. Boshqa burchaklarga aylantirish uchun tashqi qurilmalar o`rnatiladi. 
Bunday pnevmodvigatellarning aylantiruvchi momenti 250 N·m ni tashkil qiladi. 
 
3.2.20-rasm. Plastinali (shiberli) aylanuvchi pnevmodvigatellar 


178 
 
Silfonli pnevmatik yuritmalar
ish printsipi silfonni bosim ostida o`z 
uzunligini o`zgartirish xususiyatiga asoslangan (3.2.21-rasm).
 
3.2.21-rasm. 
Silfonli pnevmatik yuritma (cho`zilsh va qisilish holatida)
 
Silfonlarning kichik o`lchamlari va hosil qiladigan kuchining kichikligi
ularni kichik o`lchamli armaturalar ishini boshqarishda (masalan: armaturani 
boshqaruvchi har xil relelarda, pozitsionerlarda) ishlatiladi. Agar silfon bosim 
qiymati oshishi bilan silfon uzunligi oshishi kerak bo`lsa, uning ichiga bosim 
beriladi, agar bosim oshishi bilan uning o`lchami kichraysa – silfonning tashqi 
qismiga ta’sir etuvchi bosim beriladi.
Bularga misol qilib termostatik kondensatootvodchikni olish mumkin. 
Silfoni ichida 100
0
Cdan ortiq temperaturada bug`lanadigan suyuqlik solingan. 
Temperatura 100
0
Cda yetganda suyuqlik bug`lanadi, bug` silfon ichida bosim paydo 
qiladi va silfon uzayadi. Bunda silfonga ulangan zolotnik kondensatootvotchikdagi 
teshikni yopadi.
Asosiy kamchiliklari: harakati yo`li kamligi, hosil qiladigan kuchning 
kamligi, silfonlarning ta’mirlanmasligi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin