172
3.2.2.
Mexatronika pnevmatik yuritmalari
Pnevmoyuritma (
yunon.
pnéuma
— havo, havo yurishi)
- bu qisilgan havo
energiyasini mexanik ishga o`zgartiruvchi va mashina va mexanizmlarni harakatga
keltiruvchi qurilmalar majmuasidir.
Pnevmoyuritmaning
asosiy vazifalariga, mexanik uzatmalarday,
yuritma
dvigatelining mexanik xarakteristikalarini ishchi organ harakatiga kerak bo`lgan
parametrlarga aylantirish,
va bundan tashqari, ijrochi mexanizmlarni boshqarish,
o`ta yuklamadan himoyalash kiradi. Uning asosiy elementlari bo`lib
kompressor
(pnematik energiya generatori) va pnevmodvigatel xizmat qiladi.
Ularni MTlarda qo`llashga asosiy sabablar: arzonligi,
soddaligi va
ishonchliligidir.
Lekin
ularni
boshqarish
murakkab,
shuning
uchun
pnevmoyuritmalarni davriy boshqariladigan tizimlarda ishlatiladi. Ular asosan 10 kg
gacha yuk ko`taruvchi robotlarda qo`llaniladi.
Umumiy jihatdan pnevmoyuritmada energiya uzatilishi quyidagicha bo`ladi:
1.
Kompressordan energiya ishchi gazga energiya etkazadi (gazga bosim
berilib qisiladi);
2.
Gaz
pnevmoquvurlar
orqali
rostlovchi
apparaturadan
o`tib
pnevmodvigatelga keladi va bu yerda siqilgan havo energiyasi mexanik energiyaga
aylantiriladi.
Pnevmoyuritmalar gidroyuritmalarga o`xshab ishchi organi harakatiga qarab
3 turga bo`linadi:
1)
pnevmotsilindrlar (ilgarilanma-qaytarma harakat) (3.2.12-rasm);
Dostları ilə paylaş: