163
§3.2. MEXATRONIKA GIDRAVLIK VA PNEVMATIK YURITMALARI
3.2.1. Mexatronika gidravlik yuritmalari
Gidroyuritma –
bu gidravlik energiya yordamida mashina va mexanizmlarni
harakatga keltiruvchi qurilmalar majmuasidir.
Gidroyuritmaga yuritma dvigateli va mashina yoki mexanizm orasidagi
qurilma deb qarash mumkin. U mexanik uzatmalar (reduktor,
tasmali uzatma,
krivoship-shatun mexanizmi va h.k.) funktsiyasini bajaradi.
Gidroyuritmaning asosiy elementlari bu nasos va gidrodvigatel. Nasos
gidravlik
energiya manbai hisoblanadi, gidrodvigatel esa iste’molchi bo`lib,
gidravlik energiyani mexanik energiyaga aylantiradi. Gidroyuritmalarda ijrochi
organ harakati suyuqlik (odatda mineral moy) harakati yordamida amalga oshiriladi.
Yana gidroyuritma
tarkibiga gidroakkumulyator, bosim va sarfni rostlovchilar,
boshqarish signallari quvvatini gidravlik kuchaytiruvchilari kirishi mumkin.
Gidrodvigatel chiquvchi zvenolari harakatini rostlovchi qurilmalar – drossel,
gidroraspredelitel va b.lar yordamida yoki gidrodvigatelning
parametrlarini
o`zgartirib boshqarish mumkin.
Ikkita guruh gidroyuritmalar bo`ladi:
gidrodinamik
va
hajmli
.
Birinchisida harakatlanayotgan suyuqlikning kinetik energiyasidan
foydalaniladi va uning harakat tezligi hosil qilinayotgan quvvatga to`g`ri
proportsional. Ikkinchisida bosim kuchi kerak, ishchi suyuqlikning harakat tezligi
unchalik katta emas.
Hajmli gidroyuritmalar gidrodinamikka nisbatan
kompaktli va yengil
bo`lganligi va katta kuch hosil qila olishi uchun ko`p tarqalgan. Uning ishlashi
birinchi va ikkinchi porshenlar maydoni va hajmlarining
farqiga asoslangan
gidravlik richag printsipiga asoslangan (3.2.1-rasm). Qancha birinchi porshen kichik
va ikkinchi porshen katta bo`lsa, shuncha kichik kuch ishlatib chiqish joyida katta
kuch hosil qilish mumkin.
Birinchi porshen – bu bosim beruvchi nasos, ikkinchisi – harakatni amalga
164
oshiradigan gidrodvigatel. Aylanma harakatlanayotgan ishchi suyuqlik oqimi har xil
yo`nalishga ega, oqimlar teskari klapan va gidrotarqatuvchilar yordamida ajratib
yo`naltiriladi. Shuning evaziga gidroyuritmalar katta F.I.K.ka va kichik inertsiyaga
ega hamda harakat yo`nalishini oson o`zgartirib bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: