158
3.1.13-rasm.
Chiziqli elektrdvigatelning ishlash sxemasi
Ana shunday dvigatel 3.1.14-rasmda ko`rsatilgan. Stator (induktor) doimiy
magnitli polosa shaklida, rotor (yakor) shu korpusda ferromagnit plastinalar shaklida
ishlangan. Rotor chiziqli yo`naltiruvchilar bo`yicha ilgarilanma-qaytarma
harakatlanadigan transportlovchi plastinada (ijrochi organda) qotirilgan.
Rasmda
ijrochi organda o`rnatilgan harakat datchigi ko`rsatilmagan. Egiluvchan kabel-kanal
orqali yakor o`ramlari va datchiklar uchun tok ta`minoti keltiriladi.
Bunday dvigatellarning ajraluvchan xususiyati - harakatchan qismi tezligini
rostlashning soddaligidadir.
Elektrdvigatel quvvatini hisoblash.
Dvigatelning
quvvatini aniqlash yoki
uni energetik hisoblash MM ni konstruktsiyasini ishlash jarayonida muhim bo`lib
hisoblanadi va bu ratsional ravishda dvigatelni tanlash, uni o`zgartirishga
yo`naltiriladi, hamda chiqish zvenosining harakatining
berilgan qonuniyatlariga
rioya qilishga yordam beradi. Bunda, yuritma modulning energetik xususiyatlari,
uning kinematik va
dinamik xossalarini belgilaydi, lekin yuritma qimmat hamda
energiya va material xarajatli hisoblanadi. Shuning uchun, MM ni loyilashtirishda
uning
xarakteristikalari bilan narxi, quvvati va og`irligini minimallashtirishga
erishish lozim.