Zbekiston respublikasi


Qadamli elektrdvigatellar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Qadamli elektrdvigatellar.
Elektr impulslarni diskret xarakterdagi mexanik 
harakatga o`zgartirish printsipi asosida amal qiladi. Ko`pchilik ofis va kompyuter 
texnikasi ushbu dvigatellar bilan jihozlangan. Ular o`lchami kichik va yuqori 
samaradorli hisoblanadi. 
Boshqa dvigatellardan farqi shundaki, ularning rotori uzlukli qadam 
bo`yicha aylanadi. Har qaysi qadam to`liq aylanishning bir qismini tashkil qiladi. 
Qadamlar kattaligi motorning mexanik tuzilishiga va motorni boshqarish usuliga 
bog`liq bo`ladi. Bu turdagi dvigatellar rotorida doimiy magnit o`rnatilgan, stator 
tarkibiga katushkalar (o`ramlar) kiradi. Umumiy holda qadamli dvigatellarning 
sxemasi 3.1.8-rasmda ko’rsatilgan ko`rinishda bo`ladi. 
3.1.8-rasm. To`liq qadamda 
ishlaydigan dvigatel o`ramlarini 
ulash sxemasi
3.1.9-rasm. Mikroqadamda 
ishlaydigan dvigatel o`ramlarini 
ulash sxemasi
Bu yerda biz bir-biriga nisbatan 90
0
ostida joylashgan 4 ta o`ramni ko`ramiz. 
O`ramlarni ulash usuliga qarab elektrdvigatel vali to`liq qadam bilan, yarim qadam 
bilan va mikroqadam bilan aylanishi mumkin. To`liq qadamda o`ramlar birgalikda 
ulanmaydi. O`ramlarda birin-ketin aylana bo`yicha tok o`tadi. Katushkalardan har 


155 
tok o`tganda dvigatel vali 90
0
ga to`liq aylanadi. Yuqorilagi sxemada o`ramlardan 
tok har 1 sekda o`tadi (3.1.8-rasm). 
Yarim qadam
rejimida o`ramlarda juft holda bir vaqtda tok beriladi. Bu 
natijasida rotor yarim qadamga 45
0
ga aylanadi.
Mikroqadamda
ishlaydigan dvigatellar ko`p qo`llaniladi (masalan, raqamli 
dasturli boshqariladigan stanoklarda). Bu rejimda o`ramlarga tok impuls bilan emas, 
balkim sinusoidaga o`xshagan shaklda uzatiladi (3.1.9-rasm). Bunda rotorning 
pozitsiyalangan aylanishi silliq, zarbasiz bo`ladi.

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin