Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
3.1.14-rasm.
Ferromagnit yakorli
chiziqli elektrdvigatel 
 
MM ning energetik hisobini olib borish berilgan harakat rejimi va yuklama 
parametrlari to`g`risidagi ma`lumotlar asosida olib boriladi. Bu nuqtai nazardan 
muhandislik amaliyotida MMni hisoblashni ikkita asosiy varianti mavjud. 
Birinchi variantda, 
mexatron tizimning bir qismi qilib maxsuslashtirilgan
MM loyihalashtiriladi. Bunda konstruktor maxsus hisoblashlar asosida ob`ekt 
to`g`risida to`liq ma`lumotni oladi: uning vaqt ichidagi harakat qonuni, yuklama 
xarakteristikasi (uning tarkibiy qismlarini ham inobatga olib), ob`ektning 
massagabarit o`lchamlari, ishlatish sharoiti va boshqalar. Ma`lumotlarning to`liqligi 
yuklama parametrlarni optimallashtirishga olib keladi. 
Ikkinchi variant 
funktsional ravishda mustaqil bo`lgan 
universal
MMni 
yaratishni nazarda tutadi, va bu o`z navbatida turli xil mexatronik tizimlar va 
konstruktsiyalashda qo`llaniladi. Bunda konstruktor ob`ektning vaqt ichidagi 
yuklamasi va harakat qonuniyati to`g`risida to`liq ma`lumotga ega emas. Modulning 
chiqish zvenosi tipik chiqish harakati uchun chegaraviy yuklama, tezlik va harakat 
tezlanish qiymatlari asosida energetik hisoblash ishlari olib boriladi. 
Universal MM uchun energetik hisoblash ishlarini qo`yida o`rganamiz. 


160 
Unchalik katta bo`lmagan dinamik yuklamada ishlaydigan universal 
mexatron modul uchun energetik hisoblash
.
 
MMga ta’sir etuvchi inertsiya kuchlari 
unga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlardan ancha kichik holat uchun universal MMni 
hisoblashni ko`ramiz. Bunda asosiy dastlabki ma’lumotlar bo`lib quyidagilar 
olinadi: 
-mexatron modulning strukturali sxemasi; 
-ta’sir etuvchi tashqi yuklama (kuch
 F
N
yoki aylantiruvchi moment 
T
N
); 
- chiqish zvenosining talab qilingan tezligi (chiziqli 
v
ch
yoki burchak 
ω
ch
). 
Ilgarilanma harakat qiluvchi MM uchun dvigatel quvvati, 
P
, quyidagi 
formula bilan hisoblanadi:
P = F
N

v
ch

K
din
/η, (3.1) 
bu yerda,
F
N
— chiqish zvenosidagi qarshilik yuklamasi; N; 
v
ch
— 
chiqish 
zvenosining chiziqli tezligi, m/s; 
η
— harakat o`zgartiruvchining F.I.K.; 
K
din
=1,1…1,3 — ishga tushirish jarayonidani dinamik yuklamalarning ta’sirini 
etiborga oluvchi zahira koeffitsiyenti. 
Chiqish zvenosi aylanma harakat qiladigan MM uchun dvigatel quvvati
P

quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
 
P = T
N
∙ω
ch
 ∙K
din
/
η
, (3.2) 
bu yerda, 
T
N
— chiqish zvenosidagi qarshilik momenti, N·m; 
ω
ch
 
— chiqish 
zvenosining burchak tezligi, s
–1

Bir xil quvvatga ega bo`lgan dvigatellar turli nominal aylantiruvchi 
momentlarga 
T
nom
 
egaligini nazarga olib, dvigatelning zarur bo`lgan momentini 
aniqlash kerak (N

m): 
T
dv

T
nom 
/(
u∙η
), (3.3) 
bu yerda 
u
– yuritma harakatni uzatish mexanizmining uzatishlar soni. 


161 
Dvigatelning oxirgi tipi katalog orqali tanlab olinadi va quyidagi shartlarga 
rioya qilinadi: 
P
dv
≥ 
P
(3.4) 
T
nom
≥ 
T
dv 
(3.5) 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin