194
3.3.3. Elektrpnevmatik yuritmalar
Hozirgi vaqtda elektrpnevmatik yuritmalarda ehtiyoj ortib bormoqda. Bu
yuritmalar pnevmotsilindr shtoki bilan bog`langan mexanik boshqarish ob`ektini
kerakli qonuniyat bilan harakatlantirishga va uni katta aniqlikda kerakli pozitsiyada
to`xtatish qobiliyatiga ega. Bunday
yuritmalar kompaktliligi,
mexanik
mustahkamligi, katta ishonchliligi va resursi bilan ajralib turadi, og`ir sharoitlarda
ishlash qobiliyatiga va kimyoviy chidamlilikda ega.
Bunday xossalar aniq
pnevmomexanik va mikrokontrollerli elementlarni birlashtirish, zamonaviy axborot
va hisoblash texnologiyalarni va avtomatik boshqaruv usullarini qo`llash hisobiga
hosil qilingan.
Misol tariqasida chiziqli harakatni hosil qiladigan pozitsion elektrpnevmatik
yuritmani ko`rib chiqamiz (3.3.14-rasm).
3.3.14-rasm. Aylanuvchi pnevmosilindr bazasidagi elektrpnevmatik yuritma
Xususan, ular yopish-rostlash qurilmalarni
aniq boshqarish bilan suyuq,
gazsimon va sochiluvchan moddalarni me`yorlash uchun qo`llaniladi.
Flotatsiyalash
qurilmasi
tarkibida
kiradigan
suyuqlik
sathini
barqarorlashtirish uchun xizmat qiladigan tizim sxemasi 3.3.15-rasmda ko`rsatilgan.
Bu tizim vannadagi yopish qurilmasi holatini proportsional rostlaydi.
195
3.3.15-rasm.
Elektrpnevmatik yuritmali suyuqlik sathini barqarorlashtirish
tizimi
Boshqarishning maqsadi vannadagi suyuqlik
sathini kirayotgan suyuqlik
oqimi har xil bo`lganiga qaramay boshqarish tizimi signallari bo`yicha barqaror bir
xil saqlashdir. Elektrpnevmatik yuritmaning vazifasi yopuvchi qurilma bilan bog`liq
porshen holatini aniq kerakli koordinata bo`yicha saqlab turishdir.
Dostları ilə paylaş: