Zbekiston respublikasi


Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
1.
P’yezoelektrik effekt birinchi marta kim tomonidan kuzatilgan? 


197 
2.
P‘yezoelektrik yuritma konstruktsiyasi va ishlash printsipini 
tushuntiring. 
3.
P’yezoelektrik materiallarning asosiy xususiyati nima? 
4.
“Sun’iy mushak” tushunchasini tushuntiring. 
5.
Bionik yuritmalarni tuzulishi va ishlash printsipini ayting. Ularning 
afzalliklari nimada?
6.
Elektrpnevmatik yuritmalarning afzallik tomonlarini ayting. 
7.
Elektrpnevmatik yuritmali suyuqlik sathini barqarorlashtirish tizimi 
ishini tushuntiring. 
 
O
`
quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 

Asosiy tayanch so`z va iboralar. 

Asosiy tayanch tushunchalar. 

Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar. 
 
 
§3.4. MEXATRONIKADA HARAKAT O`ZGARTIRGICHLARINI 
QO`LLASH 
 
3.4.1. Bevosita kontaktli harakat o
`
zgartiruvchilari 
 
Ma’lumki mexatronika va robototexnika tizimlarining asosiy vazifalaridan 
biri – manipulyator yoki mexatron modul zvenosining harakatini berilgan qonun 
bo`yicha boshqarishni amalga oshirishdir.
 
Dvigateldan mexatron modulning chiqish zvenosiga harakatni uzatish har 
xil harakat o`zgartiruvchilari (uzatmalar) yordamida ta`minlanadi. Bu uzatmalar 
strukturasi va konstruktiv xususiyatlari dvigatel turiga, chiqish zvenosi harakat 
turiga va uzatmalarning joylashish holati (komponovkasi)ga bog`liq
. Harakat 
o`zgartiruvchilari bir harakat turini boshqasiga o`zgartirish hamda dvigatel 
valining aylanish momentlari va tezliklarini chiqish zvenoning parametrlariga 


198 
moslashtirish uchun qo`llaniladi.
Bu uchun tishli, vintli, reykali, zanjirli, trosli va 
tishli kesim yuza tasmali uzatmalar, maltiyli mexanizmlar va b.lardan foydaniladi.
Elektrdvigatellar asosan katta tezlikda aylanuvchi valga ega bo`lib, 
mexatron modulning chiqish zvenosi esa nisbatan kichik aylanish chastotasiga ega. 
Aylanishlar chastotasini kamaytirish uchun silindrik, konusli, chervyakli, planetar 
va volnovoy reduktorlar ishlatiladi. Harakat o`zgartiruvchilarni to`g`ri tanlash 
mextron modulning xarakteristikalariga katta ta’sir ko`rsatadi. 
Mexanik uzatmalarni ilashish turiga qarab 2 ta guruhga bo`lish mumkin:

bevosita kontaktli uzatish moslamalari
– tishli, chervyakli, reykali, 
friktsion. 

egiluvchan uzatish moslamalari
– tasmali, trosli, zanjirli uzatmalar. 
Mexanik uzatmada aylanma moment uzatadigan zvenosi 
yetaklovchi

aylanuvchi momentni qabul qiluvchi zvenosi 
yetaklanuvchi
deb ataladi. Uzatishning 
parametrlari, agar ular yetaklovchi zvenoga tegishli bo`lsa “1” indeksi bilan, agar 
yetaklanuvchiga tegishli bo`lsa “2” indeksi bilan belgilanadi (3.4.1-rasm).

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin