196
maydon ta’sirida mexanik deformatsiyalarning paydo bo`lishi.
*
P’yezoelektrik dvigatellar
(PED)ning ishi maxsus ishlov berilgan keramik
materiallardagi teskari p’yezoelektrik effektga asoslangan. PEDlar bazasida
mikroharakatlarni amalga oshirish uchun yangi harakat modullari ishlab chiqilgan.
*
P’yezoelement
– ma’lum shakl va kristallografik o`qlarga
nisbatan
orientatsiyasiga ega bo`lgan va p’yezoelektrik materiallardan tayyorlangan
elektromexanik o`zgartirgichdir. U yordamida mexanik energiya elektrik energiyaga
o`zgartiriladi (to`g`ri effekt), elektrik energiya mexanikka o`zgartiriladi (teskari
effekt).
*
Birinchi bionik yuritmalar
sun`iy mushak
deb atalgan, ular porshenli
silindri “
krest-nakrest
” yo`nalishida neylon o`ralgan elastik trubka (rezina,
polimer) bilan almashtirilgan pnevmoyuritmadir.
Trubkaga bosim ostida havo
berilganda shishib balandligining 1/3 qismigacha qisqaradi. Bu odam mushagi
ishlashiga o`xshash bo`ladi. Bunday yuritmalar xuddi shunday quvvatli pnevmatik
yuritmalarga nisbatan 3-4 marta kam massaga ega bo`ladi.
* Inson
va hayvonlar yugurishlari, sakrashlari uchun o`zlarining
mushaklariga katta kuchni juda ham qisqa vaqt ichida berishlari kerak, ya`ni
mushaklarini bir onda zo`riqtirib, qisqa “chaqnashdek” energiyani ishlatishlari kerak
bo`ladi. Odatdagi elektrmexanik motorlar bilan ishlaydigan robotlar
bu ishni bajara
olishmaydi – ular motordan oladigan kinetik energiyalari vaqt ichida uzoq tarqalgan.
Sun`iy mushakli robotlar bu ishni bajarishlari mumkin. Masalan, yapon
tadqiqotchisi Ryuma Niiyamia (
Ryuma Niiyama
)
tomonidan yaratigan
Athlete
roboti.
* Hozirgi vaqtda elektrpnevmatik yuritmalarda ehtiyoj ortib bormoqda. Bu
yuritmalar pnevmotsilindr shtoki bilan bog`langan mexanik boshqarish ob`ektini
kerakli qonuniyat bilan harakatlantirishga va uni katta aniqlikda kerakli pozitsiyada
to`xtatish qobiliyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: