Yassi tasmali uzatma
Tasmaning eni evaziga yaxshi ilashishni
ta`minlaydi. Uzatma yasalishi sodda, lekin eni
katta shkivlarni va shkiv o`qlarini paralleligini
talab etadi.
Parchin ko`ngdalang kesimli tasma
Parchin (trapetseidal) ko`ngdalang kesimli
tasmali uzatma, uning profili 40
0
burchak ostidagi
trapetsiya shaklida bo`ladi.
Bunday uzatmalar yuqori kuchlama bilan
ishlaydigan qurilmalarda, m.: metall kesuvchi
stanoklarda, konveyerlarda ishlatiladi.
Vallarining fazoda joylashuvi bo`yicha tasmali uzatmalar quyidagilarga
220
bo`linadi:
1)
parallel valli uzatmalar: ochiq (3.5.8-rasm,
a
), kesishmali (3.5.8-rasm,
b
);
2)
yarim kesishgan uzatmalar (3.5.8-rasm,
c
);
3)
val o`qlari bir-biriga perpendikulyar joylashgan uzatmalar (3.5.8-rasm,
d
).
a
) parchin tasmali uzatma;
b
) poliparchin tasmali uzatma
3.5.7-rasm. Parchin va poliparchin tasmalar
221
3.5.8-rasm. Tasmali uzatmalarda vallarning joylashuvi
Tasma yasaladigan materiallarga quyidagi talablar qo`yiladi: har xil
kuchlanishlarga mustahkamlik; yeyilishga qarshilik; shkiv bilan ishonchli
ilashish; narxining arzonligi.
Eng ko`p tarqalgan tasmalar – prorezinali tasmalar. Ularning asosiy
elementlari gazlama-rezinali va shnur-rezinali bo`ladi. Ular ichida shnurli
tasmalarning F.I.K. katta, egiluvchanroq va uzoq xizmat qiladi.
Shkivlar
cho`yandan,
po`latdan,
alyuminiy
qorishmalaridan,
plastmassadan va boshqalardan tayyorlanadi. Diametrlari standartlashtirilgan.
Afzalliklari
: konstruktsiyasi sodda; katta masofalarga (15 m gacha)
harakatni uzatish imkoniyati; katta aylanish chastotalarida ishlash imkoniyati;
ishining silliqligi va shovqinsizligi; vibratsiya va urilishlarni kamaytirish;
tasmaning sirpanishi evaziga mexanizmlarni ortiqcha yuklamadan himoyalash.
Kamchiliklari
: uzatmadagi shkivlarning radial o`lchamlari kattaligi;
tasmalarning uzoq xizmat qila olmasligi; tasmalarning sirpanishi uchun doimiy
uzatish nisbatini ta`minlay olmasligi; val va podshipgiklarda yuklamaning
ko`pligi.
Tasmali uzatmalarning geometrik parametrlariga quyidagilar kiradi (3.5.9-
rasm): shkivlar diametri
d
1
va
d
2
; o`qlar orasidagi masofa
a
; tasmaning
hisoblangan uzunligi
L
p
; tasmaning kichik shkivni o`rab olish burchagi
α
1
.
|