Zbekiston respublikasi


-rasm. Kinetec 6080 elbow CPM trenajyori



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

2.4.6-rasm. Kinetec 6080 elbow CPM trenajyori 
Manba:https://kinetecuk.com/treatment-areas/elbow/continuous-passive-motion-
cpm/kinetec-6080-elbow-cpm  
 
Kompyuter tomografiyasi 1972 yilda 
Godfri Xaunsfild
va 
Allan Kormak
tomonidan taklif qilingan va bu ishlanma uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. 
2.4.7-rasm. Kompyuter tomografiyasi 


114 
Tomograf bemor atrofida aylanayotgan rentgen trubkasidan chiqayotgan 
nurlarning tanadan o`tayotgan miqdorini raqamli tarzda ifoda etadi. Ob’ektdagi 
yoysimon o`tayotgan rentgen nurlarining yutish koeffitsiyenti bir necha yuz yoki bir 
necha ming qattiq kristalli rentgen detektorlari yordamida o`lchanadi. Detektorlar 
har bir proektsiyadan ma`lumotlarni yig`ib, raqamli shaklga keltiradi va kompyuter 
yordamida tahlil qilinadi. Olingan ma`lumotlar asosida kompyuter organning 
ko`ndalang kesimini konstruktsiyalaydi. Bu o`z navbatida oddiy rentgen 
ma`lumotlaridan ko`ra afzalloq bo`lib, organ yoki to`qimaning xoxlagan 
proektsiyadagi rasmini olish hamda past kontrastli ob`ektlar to`g`risida ma`lumotlar 
berish imkonini beradi. 
Rentgen tomograflar quyidagi asosiy qismlardan iborat: 
skanerlaydigan 
moslama, rentgen tizimi, rentgen trubkasini aylantirish moslamasi, boshqarish pulti 
va EHM

Skanerlaydigan uskuna aylana ramadan iborat bo`lib, o`z ichiga aylanadigan 
rentgen trubkasi va bir qancha qabul qiluvchi detektorlarni oladi. Bir joyda turgan 
ob`ektni tomografiya qilish jarayonida maxsus yuritma yordamida rentgen trubkasi 
rama ichida aylanma harakat qiladi, bunda rentgen nurlarining tebranayotgan dastasi 
turli burchaklar ostida ob`ekt ichidan o`tadi. Yumshoq to`qimalardan o`tgan rentgen 
nurlari qabul qiluvchi datchiklar tomonidan qabul qilinadi va ma`lumotlar tahlil 
uchun EHMga yuboriladi. Bunda har bir kesim nuqtasidan o`tgan rentgen 
nurlarining singish koeffitsiyenti hisoblanadi. Murakkab matematik hisoblashlar 
natijasida tekshirilayotgan organ kesimining yassi ko`rinishi olinadi. Rentgen tizimi 
trubka va generatordan iborat. Rentgen trubkasi 50 Gts impulsli rejimda va 100-130 
kV kuchlanishda ishlaydi.
Trubka ikkita sovitgich tizimiga ega: trubkaning o`zi moy bilan sovitiladi, 
moyning o`zi esa suv yoki ventilyator yordamida sovitiladi. Trubka impulsli rejimda 
ishlaydigan yuqori voltli generator orqali tok bilan ta`minlanadi.
Rentgen kompyuterli tomografiyalah jarayonida yuborilgan rentgen nurlari 
ob`ekt orasidan o`tadi, nurning so`nishi bir vaqtning o`zida priyomnikda qayd etiladi 
(2.4.8-rasm). Shundan so`ng tizim bemor atrofida bir necha gradusga aylanadi va 


115 
yangi skanerlash jarayonini olib boradi. Bu ish barcha talab qilingan burchaklar 
qamrab olguncha bir necha marta qaytariladi (2.4.9-rasm). 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin