112
2.4.5-rasm. HelpMate tibbiy roboti
Tirsak bo`g`imi uchun bilak bilan yoki bilakni qo`shmagan holda passiv
harakatini avtomatik korrektsiyalashga mo`ljallangan
Kinetec 6080 elbow CPM
trenajyori (2.4.6-rasm). Bu trenajyor ishlatish uchun yengil va qulay bo`lib, krovatda
ham, kresloda o`tirgan vaqtda ham ishlatish mumkin. Trenajyor operatsiyadan
keyingi bo`g`im harakatlarining cheklanishi oldini oladi.
Klinik robotlar.
Klinik robotlar asosiy
uchta masalani yechishga
mo`ljallangan:
kasalliklarni tashhislash, terapevtik va jarrohlik davolash.
EHM
bilan boshqariladigan turli xil tibbiy uskunalarning
ommaviy ishlab chiqarilishi
vrachlik amaliyotiga katta ta`sir ko`rsatdi.
Ekranda tekshirilayotgan inson organini ko`rsatib turuvchi (masalan: EHM
bilan boshqariladigan tomografli) diagnostik tizimlarda mexatronika va robotexnika
elementlari ishlatilib kelinmoqda.
Ichki organlar tasvirini olish uchun ishlatiladigan energiya turiga qarab
kompyuter tomograflarning bir necha xil turlari mavjud. Quyida rentgenli tomograf
ishini ko`rib chiqamiz.