Zbekiston respublikasi


Asosiy tayanch so`z va iboralar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Asosiy tayanch so`z va iboralar 
P’yezoelektrik effect;
p’yezoelektrik materiallar;
p’yezoelektrik dvigatellar;
sun`iy 
mushak; bionik yuritmalar;
elektrpnevmatik yuritmalar 
Asosiy tayanch tushunchalar 

P’yezoelektrik effekt 
(yunon. 
piézō
(
πιέζω
) — 
qisish, kuch ishlatish
) – 
mexanik kuch ishlatish natijasida dielektrikda qutblanish paydo bo`lish effekti 
(
to`g`ri p’yezoelektrik effekt
). 
Teskari p’yezoelektrik effekt
ham mavjud – elektr 


196 
maydon ta’sirida mexanik deformatsiyalarning paydo bo`lishi.
*
 P’yezoelektrik dvigatellar
(PED)ning ishi maxsus ishlov berilgan keramik 
materiallardagi teskari p’yezoelektrik effektga asoslangan. PEDlar bazasida 
mikroharakatlarni amalga oshirish uchun yangi harakat modullari ishlab chiqilgan. 

P’yezoelement
– ma’lum shakl va kristallografik o`qlarga nisbatan 
orientatsiyasiga ega bo`lgan va p’yezoelektrik materiallardan tayyorlangan 
elektromexanik o`zgartirgichdir. U yordamida mexanik energiya elektrik energiyaga 
o`zgartiriladi (to`g`ri effekt), elektrik energiya mexanikka o`zgartiriladi (teskari 
effekt). 
* Birinchi bionik yuritmalar 
sun`iy mushak
deb atalgan, ular porshenli 
silindri “
krest-nakrest
” yo`nalishida neylon o`ralgan elastik trubka (rezina, 
polimer) bilan almashtirilgan pnevmoyuritmadir. Trubkaga bosim ostida havo 
berilganda shishib balandligining 1/3 qismigacha qisqaradi. Bu odam mushagi 
ishlashiga o`xshash bo`ladi. Bunday yuritmalar xuddi shunday quvvatli pnevmatik 
yuritmalarga nisbatan 3-4 marta kam massaga ega bo`ladi. 
* Inson va hayvonlar yugurishlari, sakrashlari uchun o`zlarining 
mushaklariga katta kuchni juda ham qisqa vaqt ichida berishlari kerak, ya`ni 
mushaklarini bir onda zo`riqtirib, qisqa “chaqnashdek” energiyani ishlatishlari kerak 
bo`ladi. Odatdagi elektrmexanik motorlar bilan ishlaydigan robotlar bu ishni bajara 
olishmaydi – ular motordan oladigan kinetik energiyalari vaqt ichida uzoq tarqalgan. 
Sun`iy mushakli robotlar bu ishni bajarishlari mumkin. Masalan, yapon 
tadqiqotchisi Ryuma Niiyamia (
Ryuma Niiyama
) tomonidan yaratigan 
Athlete
roboti. 
* Hozirgi vaqtda elektrpnevmatik yuritmalarda ehtiyoj ortib bormoqda. Bu 
yuritmalar pnevmotsilindr shtoki bilan bog`langan mexanik boshqarish ob`ektini 
kerakli qonuniyat bilan harakatlantirishga va uni katta aniqlikda kerakli pozitsiyada 
to`xtatish qobiliyatiga ega. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin