manipulyatori
Manba: https://studfiles.net/preview/396110/page:2/
82
Ekzoskeletlar
(unon.
έξω — tashqi
va
σκελετος — skelet
)– bu antropomorf
konstruktsiyalar bo`lib, ularni inson qo`liga, oyog`iga yoki tanasiga “kiyib”, inson
harakatini masshtab koeffitsiyentini hisobga olgan holda takrorlash uchun
qo`llaniladi. Ekzoskeletlar ko`pincha bir necha o`nlik harakat erkinligiga ega
bo`ladi. Takrorlovchi robotlar singari ikki tomonlama nazorat tizimlari orqali
boshqariladi
23
.
Mexanik
ada erkinlik darajasi — bu tizim yoki jismlarning muhitdagi
vaziyati va ularning mustaqil harakatlanish (aylanish) koordinatlari to`plamidir.
Ekzoskelet «
HAL 9000
» inson qo`li va oyoqlarini “simulyatsiyalovchi”
vazifasini bajaradi va inson yurganda va biror ishni bajarganda paydo bo`ladigan
zo`riqishlarni o`z zimmasiga oladi. Komplekt og`irligi 40 kg , lekin bu og`irlikni va
ichidagi inson og`irligini ekzoskelet o`zi ko`taradi
. HAL-9000
ichidagi insonlarga
hech qanaqa jismoniy ishni bajarish kerak emas, barcha boshqaruv ishlari maxsus
pultlar yordamida bajariladi (2.2.5-rasm).
Ishlanma 3 toifa guruhlariga mo`ljallangan:
•
og`ir jarohat olgan insonlar salomatligini tiklash uchun;
•
qari insonlarning jismoniy ishlarni bajarishi uchun;
•
og`ir jismoniy ishlarni bajaruvchi insonlar uchun.
Shadow Robot Company
(Buyuk Britaniya) tomonidan yaratilgan mexanik
qo`l “
Dexterous Hand
” deb nomlanadi, qurilma 24 erkinlik darajasiga ega,
“barmoqlari” uchida teskari aloqasi bo`lgan maxus sensorlari bor. Bu “qo`l” sun`iy
intellekt bilan emas, balki qo`lga kiyilgan maxsus qo`lqop yordamida inson
tomonidan boshqariladi (2.2.6-rasm).
23
https://habr.com/ru/company/asus/blog/126752/
|