7.6. Asosiy tushuncha va atamalar Faollik; tashqi faollik; ichki faollik; faoliyat; faoliyat turlari; jismoniy va aqliy harakatlar; perseptiv harakatlar; mnemik faoliyat; fikrlash faoliyati; imajitiv faoliyat; interiorizasiya; eksteriorizasiya; ko’nikmalar; faoliyatni klassifikasiya qilish; muloqot; o’yin; o’qish; mehnat faoliyati; faoliyat motivlari; ijtimoiy xulq motivlari; shaxs motivasiyasi; motiv va motivasiya tushunchalari; shaxsiy dispozisiyalar; biologik ehtiyojlar; ijtimoiy ehtiyojlar; motivlarning turlari; Muvaffaqiyatga erishish motivi; mag’lubiyatdan qochish motivi; talabchanlik sifati; motivlarning anglanganligi; ijtimoiy ustanovka; anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari; attitud hodisasi; dispozision konsepsiyasi; elementar ustanovkalar; ijtimoiy ustanovkalar; ba’zaviy ijtimoiy ustanovkalar; qadriyatlar tizimi.
7.7. Rezyume Xulosa qilib aytganda, faoliyat, inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqib, tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish hamda takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab, tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlariga esa aqliy harakatlar deyiladi. Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish, odatda, shaxsiy dispozisiyalar, deb ataladi. Nihoyat, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o’z-o’ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarni belgilab beradi.