17.4. Mehnat egasining shakllanishi
“Mehnat egasi”, ya’ni mehnat subyekti tushunchasi psixologiyaning fundamental kategoriyasi bo’lib, u insonning anglab, maqsadli, faol harakat qilishini bildiradi. Mehnat egasi sifatida aniq bir inson (individ)gina emas, balki ijtimoiy guruh, ya’ni mehnat jamoasi ham olinishi mumkin. Shunday qilib, mehnat subyekti, egasi – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o’zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruhdir.
Mehnat egasi bo’lish uchun ushbu talablar amalga oshishi zarur:
qobiliyatlarning va boshqa kasbiy muhim sifatlarning yuqori darajasiga erishish;
mehnatdan qoniqish;
mehnat obyektini to’g’ri tushunish va aks ettirish;
o’zini boshqara olishtizimini rivojlantirish;
faoliyatning umum qabul qilingan usullarini o’zlashtirish;
o’zini-o’zi baholay olish malakalarini rivojlantirish, o’zini ro’yobga chiqara olish va hurmat qila olish.
Kasbiy mahorat sohibi bo’lish uchun ikkita asosiy jihat: mehnat egasining professionalizasiyasi va professionallik mahorati masalasi muhim bo’ladi. Professionalizasiya – bu mehnat kishisining (psixologik, fiziologik, xulq-atvor va ishga bog’liq) xarakteriologik xususiyatlarini ish jrayonida shakllanishiga aytiladi. Bunda albatta bu xususiyatlar uning mehnat kishisi sifatida shakllanishiga, o’z-o’zini ro’yobga chiqarishiga imkon berishi ko’zda tutiladi. Professional deganda biz mehnat kishisining mehnat faoliyatida unga qo’yilgan vazifalarni yuqori darajada bajarish darajasiga erishgan holatini tushunamiz.
Mehnat subyektining professionalizasiyasini ushbu to’rt yo’nalishda ko’rish kerak:
1) Uning ijtimoiylashuvi jarayoni sifatida. Bunda shaxs tomonidan ijtimoiy normalarning o’zlashtirilishi, ijtimoiy tajribaga ega bo’lish, qiziqish, qadriyatlar, ijtimoiy rollar, jamoat ishlari, ijtimoiy muhitga kirish va moslashish amalga oshadi.
2) Shaxs rivojlanishi jarayoni sifatida. Bunda mehnat egasining faolligi, mehnatidagi samara va yutuqlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlari, kasbiy qobiliyatlarning shakllanishi, mehnat motivlarining mehnat talablariga ko’ra amalga oshishi ko’zda tutiladi.
3) Shaxsning kasbiy o’z-o’zini ko’rsata olishi, o’zini baholashi, o’zini nazorat qila olishi tushuniladi. Bu mehnat egasining turli yosh davrlarida, faoliyatining turli bosqichlarida, jamiyatning unga qo’yadigan talablarida namoyon bo’ldi. Bu o’z navbatida mehnat biografiyasi, ijod yo’li, kasbiy rivojlanish davrlari sifatida ham e’tirof etiladi.
4) Shaxsning faollik ko’rinishi sifatida. Bunda shaxsning faoliyat bilan birgalikda o’sishi, dinamik rivojlanishi tushuniladi.
Professionalizasiya faollik ko’rinishi sifatida o’z tizimiga ega. Bu tizimga professionalizasiya motivlari, maqsadlari, jarayonni amalga oshirish dasturiga oid tasavvurlari, mehnat faoliyatining informasion asoslari, qarorlar qabul qilish bosqichlari, qabul qilingan qarorlarni tekshirish bo’yicha nazorat operasiyalarini amalga oshirish kiradi. Demak, professionalizasiya bu jamiyat va shaxsning vazifasi bo’lib, bu jarayonning samarasi va mahsuldorligi mehnat kishisining ijtimoiy va shaxsiy ko’rsatkichlari bo’yicha faoliyatini baholash va rivojlanishini kuzatish sifatida qaralar ekan.
Dostları ilə paylaş: |