Professiografiya metodi Mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini tahlili olingan sifat va miqdor ko’rsatkichlarining har tomonlama o’rganish hamda sistemalashtirishga asoslanadi. Professiografiya deb, mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o’zaro munosabati va bog’liqligini o’rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metodga aytiladi. Faoliyatni o’rganish natijasida professiogramma, ya’ni kasbning turli obyektiv xarakteristikalarining tasnifi va psixogramma, ya’ni faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi tuziladi.
Professiogramma ushbu tamoyillarga ko’ra tuziladi:
ma’lum faoliyatning aniq, o’ziga xos tasnifi;
kompleks o’rganilganlik;
o’rganish dinamikasi (rivojlanish sharti bilan, faoliyat o’zgarishi);
sistemalilik (faoliyatning alohida xarakteristikalarini o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri);
qabulning o’xshashligi (kasblarni aniq taqqoslash uchun);
miqdoriy va sifatiy metodlarni qo’llash.
Professiogramma ushbu xarakteristikalardan tashkil topadi:
kasbga oid umumiy ma’lumotlar (tarkib, tayinlash, xodimlarning majburiyatlari, mehnat samaradorligi ko’rsatkichlari);
faoliyat mazmuni (asosiy vazifalar tahlili, ma’lumotlar oqiminin o’ziga xosligi, xatolar tahlili);
faoliyat vositalari (ma’lumotlarni ko’rsatish. Ularni joylashtirish, obzor);
mehnat sharoitlari (sanitar-gigiyenik, ijtimoiy-psixologik, estetik);
faoliyatni tashkillashtirish (ish yuklamasining ko’rinishi va xajmi, ish va dam olish rejimi);
faoliyat subyekti (funksional xolatlar, kommunikativ sifatlar, vazifalarga taalluqlilik).
Faoliyat psixogrammasi mehnat egasining kognitiv, emosional-irodaviy, motivasion, individual-psixologik va boshqa kasbiy muhim bo’lgan sifatlarga qo’yiladigan talablar hamda xarakteristikalaridan iborat bo’lishi kerak.