ТAQRIZCHILAR:
G’.Shoumarov – O’zDJTU rektori, psixologiya fanlari doktori, professor
N.Xo’jayev – TDIU professori, iqtisod fanlari doktori
|
MUNDARIJA
|
|
|
Mundarija
|
3
|
|
KIRISH SO’ZI O’RNIDA
|
5
|
I qism
|
PSIXOLOGIYA FAN SIFATIDA
|
7
|
I Bob
|
Psixologiya fani predmeti
|
8
|
1.1.
|
Yangi davr va psixologiya
|
9
|
1.2.
|
Psixologiya fanining dolzarbligi
|
10
|
1.3.
|
Psixologiya fanining predmeti
|
11
|
1.4.
|
Psixologiyaning tarmoqlari
|
14
|
1.5.
|
Psixologiya fanining metodlari
|
18
|
II Bob
|
Psixologiya: fan tarixi, fanlararo aloqa, tadbiqiy va amaliy sohalar
|
27
|
2.1.
|
Psixologik bilimlarning paydo bo’lish davrlari (e.av. 4-5-asrlar va 16-17-asrdagi taraqqiyoti)
|
28
|
2.2.
|
Psixologiyaning ilmiy fan sifatida shakllanishi(19-20-asrlar)
|
33
|
2.3.
|
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni
|
37
|
2.4.
|
Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari
|
41
|
2.5.
|
Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari
|
42
|
III Bob
|
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari
|
48
|
3.1.
|
Nerv sistemasining tuzilishi
|
49
|
3.2.
|
Markaziy nerv sistemasi
|
50
|
3.3.
|
Bosh miya va psixik funksiyalar
|
53
|
IV Bob
|
Psixik jarayon: tasnif, xususiyat, qonuniyatlar
|
57
|
4.1.
|
Bilish jarayonlari va professional faoliyat
|
58
|
4.2.
|
Bilish jarayonlari va ularning qisqacha tasnifi
|
60
|
4.3.
|
Idrok va idrok qilish qonunlari
|
62
|
4.4.
|
Xotira va shaxs tajribasining boyligi
|
68
|
V Bob
|
Shaxs – tafakkur va mustaqil fikrlashning subyekti sifatida
|
77
|
5.1.
|
Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati
|
78
|
5.2.
|
Tafakkurning turlari
|
80
|
5.3.
|
Tafakkur mahsullari va operasiyalari
|
83
|
5.4.
|
Mustaqil fikrlash–sog’lom ma’naviyat va tafakkurning alohida xossasi sifatida
|
85
|
5.5.
|
Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa
|
87
|
II qism
|
SHAXS VA JAMIYAT
|
93
|
VI Bob
|
Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi
|
94
|
6.1.
|
Shaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida
|
95
|
6.2.
|
Shaxsdagi sog’lom e’tiqod va mafkuraviy tasavvurlarning shakllanishi
|
98
|
6.3.
|
Shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mezonlari
|
103
|
6.4.
|
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs hayotiy yo’nalishining shakllanishi
|
106
|
VII Bob
|
Shaxs faolligi va ijtimoiy xulqining motivasiyasi
|
111
|
7.1.
|
Shaxs va uning faolligi
|
112
|
7.2.
|
Faoliyat turlari: jismoniy va aqliy harakatlar
|
113
|
7.3.
|
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi
|
115
|
7.4.
|
Motivlarning turlari
|
118
|
7.5.
|
Motivlarning anglanganligi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi
|
119
|
VIII Bob
|
Shaxsning individual-tipologik xususiyatlari
|
125
|
8.1.
|
Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi
|
126
|
8.2.
|
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish
|
128
|
8.3.
|
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari
|
132
|
8.4.
|
Xarakter va shaxs
|
134
|
III qism
|
SHAXS: YOSH DAVRLAR VA AKMEOLOGIYA
|
140
|
IX Bob
|
Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari
|
141
|
9.1.
|
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
|
142
|
9.2.
|
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish
|
143
|
9.3.
|
Bolalik – ilk yoshlik davri
|
145
|
9.4.
|
O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xos xususiyatlari
|
149
|
9.5.
|
Yetuklik davri psixologiyasi – Akmeologiya
|
156
|
IV qism
|
SHAXS VA IJTIMOIYLASHUV
|
160
|
X Bob
|
Shaxs ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida
|
161
|
10.1.
|
Uch savolga – turfa xil javob
|
162
|
10.2.
|
“Nega?”, “Nima uchun?” yoxud ijtimoiy xulqning motivlari
|
163
|
10.3.
|
Agressiya va egressiya: sabab va oqibat
|
164
|
XI Bob
|
Shaxs va uning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy omillar
|
168
|
11.1.
|
Ijtimoiy reprezentasiya
|
169
|
11.2.
|
Ta’sirga beriluvchanlik: konformizm – nonkonformizm
|
170
|
11.3.
|
Shaxs e’tiqodi va guruh
|
173
|
11.4.
|
Xulq normalari, ijtimoiy kutishlar va sanksiyalar
|
175
|
11.5.
|
Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanilishi
|
176
|
11.6.
|
“Men” – obrazi va o’z-o’ziga baho
|
181
|
11.7.
|
Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar
|
184
|
11.8.
|
Ijtimoiy-psixologik metodlar: kontent-analiz, anketa
|
188
|
XII Bob
|
Shaxs insoniy munosabatlar obyekti va subyekti sifatida
|
193
|
12.1.
|
Insoniy munosabatlar psixologiyasi
|
194
|
12.2.
|
Muloqot va unga o’rgatish muammolari
|
205
|
XIII Bob
|
Shaxs va guruh
|
210
|
13.1.
|
Shaxs uchun referent bo’lgan guruh
|
211
|
13.2.
|
Guruhlar o’lchami va ularning turlari tasnifi
|
214
|
13.3.
|
Guruh va shaxs: psixologik o’zaro moslik
|
221
|
XIV Bob
|
Shaxs gender tadqiqotlar obyekti...
|
226
|
14.1.
|
Ijtimoiy psixologiyada gender muammolari
|
227
|
14.2.
|
Rahbarlik va gender tafovut
|
230
|
14.3.
|
Liderlik va superliderlik
|
231
|
14.4.
|
Salomatlik – ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
|
233
|
V qism
|
SHAXS VA SALOMATLIK
|
238
|
XV Bob
|
Salomatlik: psixologik yondoshuv va mezonlar
|
239
|
15.1.
|
Salomatlik psixologiyasi: fan hamda amaliyot sifatida
|
240
|
15.2.
|
Sog’lom bo’lishning psixologik asoslari
|
241
|
15.3.
|
Salomatlikni ta’minlovchi zarur biologik hamda psixologik bosqichlar
|
244
|
15.4.
|
Psixologik moslashuvchanlik va muvozanatni baholash mezonlari
|
247
|
15.5.
|
Ma’naviyatlilik psixologik salomatlikning mezoni sifatida
|
248
|
15.6.
|
Ortobiotika yoki ortobioz: fan va amaliyot talqini
|
253
|
15.7.
|
O’zni qadrlash va salomatlikni asrash mezonlari
|
255
|
15.8.
|
Salomatlik gigiyenasi va profilaktikasi
|
258
|
XVI Bob
|
Shaxs va konfliktlar
|
265
|
16.1.
|
Konfliktlarning turlari va sabablari
|
266
|
15.2.
|
Ijtimoiy-psixologik konfliktlar
|
268
|
16.3.
|
Pedagogik konflikt
|
270
|
16.4.
|
Shaxsning ichki (o’zi bilan o’zi) ruhiy konflikti
|
272
|
16.5.
|
Oiladagi konfliktlar
|
278
|
VI qism
|
SHAXS VA MEHNAT
|
282
|
XVII Bob
|
Mehnat faoliyati psixologiyasi
|
283
|
17.1.
|
Psixologiya va mehnat
|
284
|
17.2.
|
Mehnat faoliyatini o’rganish metodlari
|
287
|
17.3.
|
Mehnat faoliyatining klassifikasiyasi
|
289
|
17.4.
|
Professional shaxsning shakllanishi
|
290
|
|
GLOSSARIY
|
295
|
|
BIBLIOGRAFIYA
|
302
|
KIRISH SO’ZI O’RNIDA
Shiddat bilan hayotimizga XXI asr kirib keldi. Uning global o’zgarishlar davri bo’lishiga hyech kimda shubha qolmadi, desak bo’ladi. Chunki bu davrda eng avvalo inson ongi va ruhiyatida evrilishlar yuz bermoqda. Bu xolat Inson va uning ichki dunyosini, zamondoshlarning bir-birlari ongi va shuurida ro’y berayotgan o’zgarishlarga monand xatti-harakat qilishlari lozimligini talab qiladi. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o’ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz, o’z manfatlarimizni o’zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham psixologiyani bilishga majburmiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo’lg’usi mutaxassis, u pedagog-o’qituvchi bo’ladimi yoki quruvchi-muxandis yoki agronom bo’ladimi, shifokor bo’lib, el dardiga darmon bo’ladimi, ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalib, turmush normalariga bo’ysunishi, jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo’lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar xukmiga havola etilayotgan ushbu darslik jamiyatdagi Shaxs psixologiyasini o’rganish va uning tamoyillariga bo’ysunishni taqozo etadi.
Darslikning ahamiyati yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, ularning hayotga, uning qadriyatlariga, kasb-kori, oilasi, o’z salomatligi va yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari namoyon bo’layotganligi bilan uyg’un tarzda bayon etilganligidir. Zero, mustaqillik psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan hamyurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod kundalik muomalasi va turmush tarzida o’sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi solih amallarga intilaveradi va sog’lom g’oyalarsiz yashay olmaydi. Bu haqda davlatimiz rahbarining fikrlari biz uchun o’gitdir: “O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat hyech bir davrda milliy g’oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi”.1
Yuqorigilardan kelib chiqqan xolda biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha o’zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini bo’lg’usi mutaxassislar tomonidan o’zlashtirilishiga ko’mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir marotaba ta’kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o’zining sifat bosqichi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi barcha ishlarimizning amaldagi g’oyaviy yo’nalishini belgilaydi va yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash” 2 ishining samaradorligiga ulush bo’lib qo’shiladi.
Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining tavsiyasiga ko’ra yozilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarining “Pedagogika” va “Psixologiya” yo’nalishlariga ixtisoslashmagan mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangandir. Unda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni g’oyalaridan kelib chiqqan xolda har tomonlama mukammal, malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi ko’zda tutilgan. Kitobda ilk marotaba Shaxs fenomeni psixologiya fani qamrab olgan asosiy maummolar va mavzularning markaziy figurasi sifatida e’tirof etilgan va uning ishlab chiqarish hamda xalq ho’jaligining turli sohalarida samarali faoliyat yuritishi uchun o’z “Men”i va o’zgalar bilan o’rnatadigan murakkab munosabatlari, ushbu tizimda namoyon bo’ladigan psixik jarayonlar, xolatlar va individual tipologik xususiyatlar bayon etilgan.
Shaxs taraqqiyoti va kamoli uchun muhim bo’lgan omil va jihatlar, jumladan, undagi fikrlash jarayonlari, insondagi fikrning mustaqilligi, salomatligi, tashqi ijtimoiy muhitga kirishib ketishi, moslashishi, mehnat faoliyati, professional yuksalishiga turtki bo’luvchi muhim omillar, ya’ni, ma’naviyati, mafkurasi, oilasi va oilaviy munosabatlari, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi, shaxslararo munosabatlar va nizolar kabi qator masalalar yoritilgan.
Darslikning tuzilishi, mavzularning bayon etilishida tanlangan stilistik uslub, mutloq yangidan kiritilgan mavzular uning talabalar tomonidan maqbul tarzda idrok etilishiga imkon beradi. Mualliflar guruhi kitobxonlar, talaba va magistrlar, professor-o’qituvchilar tomonidan bildiriladigan har qanday fikr va mulohazalarni qabul qiladi va keyingi nashrlarda albatta, ularni inobtaga oladi.
Professor V.M. Karimova
I qism
Dostları ilə paylaş: |