Ma’naviyat va ma’rifat. Avvalo ma’rifat xususida. Bu – odamning tabiat, jamiyat va insonlar to’g’risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma’lumotlari majmui bo’lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun-mohiyatini belgilaydi. Demak, yoshlarga qaratilgan va ular o’qib, o’rganishi uchun yo’naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy – axborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir.
Mustaqillik yillarida eski, o’zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g’oyasi, uning asosiy tamoyillari, yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz rahbari I.A. Karimov asarlarida muxtasar, aniq bayon etilgan. Ular asosida mamlakatimizda yangi “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg’or ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o’rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i-harakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o’zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi.
43-rasm. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar