Ijtimoiy-psixologik trening Agar muloqotda ishtirok etuvchi ikki jarayon – gapirish va tinglashning faol o’zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo’lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o’z uslubi bo’lib, uning nomi ijtimoiy-psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT – muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.