Õzbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja



Yüklə 435,57 Kb.
səhifə32/60
tarix14.12.2023
ölçüsü435,57 Kb.
#177148
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Õzbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanis-fayllar.org

7.3 Tezkorlik sifati.
Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasini, asosan harakat
rsaksiyasining vaqtini bevosita belgilovchi funksioal xususiyatlar kompleksi
tushuniladi. Tezlikni namoyon bulishi ning uchta asosiy shakli bor:
1. YAkka harakat tezligi(kichik tashki karshilikni yengish bilan)
2. Harakatlar chastotasi.
3. Harakatlar reaksiyasini tezligi (yashirin patent davri)
Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bulishi bir - biriga aloqador emas.
Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga bog’liq bo’lib, ko’p xollarda harakat tezligi kursatkichlari
bilan korelyatsiya kilinmaydi. Tezlik ning namoyon kilinishini qayd etilgan uchta
shaklining umumlashmasidan - kushilmas dan achiklash mumkin.
Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chikish reaksiyasi vak tiga, alohida
harakatlarning bajarilishi, tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish kalamlar sur’ati) va
boshqalarga bog’liq. Amalda yaxlit hara katlar (yugurish, so’zish)ning tezligi tula
harakat aktining tezli giga bog’liq. Birok murakkab koordinatsiyey harakatlardagi
tezlik faqat tezkor lik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalai, yugurishda
kadam o’zuililigiga, u o’z navbatida, oyokning uzunliligiga va depsinish kuchiga xam
bog’liqdir. SHuning uchun yaxlit harakat tezligi inlisidpipg tezkorligini qismian
ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlik ning eng sodda shakllarining namoyon
bulayotganligini taxlil kila olamiz xolos.
Ko’pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakatlarda ikki xil faza
farqlanmokda:
a) tezlikni oshirib borish(tezlanish, olish) fazasi;
b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi(startdagi tezlanish)
Tezlikni oshirib borish kobiliyati bilan masofani katta tezlikda utish kobiliyati -
tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog’liq emas. Juda yuqori darajada
startdan chikish tezligiga ega bo’lib masofa da tez yuguraolmasligi yoki uning aksicha
xam bulishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bulgani xolda, xarakat chastotasi oz
bulishi xam
ko’zatiladi.
Psixolofizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakteri ni turlicha namoyon
bulishiga sababchi bo’ladi. Tezlik namoyon bulishining bun day xarakterini kiska
masofaga yugurishda aniq kurishimiz mumkin, startni (vaqt xarakteristikasiga kura)
tez olish mumkin, lekin tezlikni ma sofada uzoq ushlab tura olmasligini kuramiz.
YUgurish tezligi harakatni kursatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog’liq xolos. Tezlik
ning namoyon bulishida yuguruvchi kadamining uzunligi, uning oyogi uzunligiga, o’z
navbatida, yuguruvchi oyok muskullarining yerga tiranish kuchiga bog’liqdir. SHuning
uchun harakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bulishiga qarab o’quvchining
sprintda o’zini kanday namoyon qilishini bashorat qilishi miz goyatda mushkul.
Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka "k u ch i r i sh " qoidada
ko’zatilmagan. Uning kuchishi mashqlarni bir-biriga koordina siya nuktai nazaridan
yakin uxshashaligi bulsagina namoyon bulgan, kolaversa individning mashqlanganligi
(shug’ullanganligi) qancha yuqori bulsa, bu kuchish shunchalik past darajada bo’ladi
(N.GOzolin, 1949; V.M.Zatsiors kiy, 1961). SHunga kura, tezkorlik sifati xakida
gapirganda, bu sifatni, madaniyatlash xakida gapirmay, inson harakatidagi aniq
tezkor lik xususiyat larini rivojlantirish xakida gapirish lozim.
YAkka harakat tezkorligini harakat aktini biomexanik bulaklarga(qismilarga) ajratib
chegaralangan xolda tavsiflashimiz mumkin (m., depsinish tezligini aniqlash kerak
bo’lib qolsa, yugurishda sonni tez kutarib chika olish orqali aniqlanadi). Ayrim sport
mashqlari turlarida(masalan: uloktirishlarda) harakat tezligi muskullar kuchining
namoyon bulishi bilan umumiylashib (kushilib) ketadi va bu bilan tezkorlikni
kompleksli xususiyatini - keskin harakat (rezkost)ni vujudga keltiradi. SHuning uchun
tezkorlik - kuch talab kiladigan sport turlarida harakat tezligini rivojlantirish, ayniqsa,
tashki karshilign yuqori bulgan mashqlar muskul kuchini rivojlanti ruvchi vosita
sifatida rol uynaydi.
Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlan tirish juda qiyin bo’lib,
kuch talab kiladigan mashqlar orqaligina mus kul ko’zgalishi tezligining oshishi
amaliyotda isbotlangan. Kuch imkoniyatlarini oshirish vazifasi esa juda sodda xal
kilinadi. Kuchni rivojlantirish tez harakatlar sharoitida utishi lozim. Buning uchun
dinamik zurikish uslubidan foydalanadilar: maksimal kuch bnlan zurikish harakatni
tula amplitudada, eng yuqori tezlikda,shug’ullanuvchi uchun me’yoridan oz
vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiriladi. siklik harakatlar harakat chastotasini
ifodalaydi.
Kullarni maksimal harakati chastotasi oyoklarnikidan yuqori; yoki oyok kul
buginlarining harakati chastotasi tananing boshqa a’zolari va boshqa bulaklaridan
yuqori darajada bulishi mumkin.
Harakat chastotasini ulchash qoida sifatida vaqtning kiska inter vali orqali olib
boriladi. Sprint yuguruvchining 100 metrga yugurish dagi harakat chastotasi bir
sekundda bajaradigan kadamlari sonini sanash orqali aniqlanadi.
Harakat chastotasi va shu bilan birga, siklli harakatlar tezligini rivojlantirish maksimal
tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. V.P.Filinning(1970)
isbot lashicha, sport trenirovkasining boshlarida tor yunalishdagi mashqlar bilan
tezlikni rivojlantirish salbiy okibatlarga olib kelar ekan. Bu metod bilan natija sprintda
1-1,5 sekundgina yaxshilanadi xolos. Boshlanishdan umum jismoniy tayyorgarlikni
oshirib tor yunalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija beradi. YUqoridagi
qoidaga rioya qilish bilan cheklanib kolinsa, tor yunlishdagi tezlik uchun berilgan
mashqlar tezlik tusigining paydo bulishiga olib keladi (skorostnoy barer). Ana shu
tezlikka organizmda refleks vujudga keladi, bu esa tezlikning stabillashuvi demakdir.
Harakat chastotasi va harakat tezligini rivojlantirish uchun tak rorlash. takroriy -
oshirib borish va o’zgaruvchan mashq qilish metodlari dan foydalaniladi. Bunday
metodlarni qullashda yugurish masofasi tun day tanlanadiki, uning oxirida va
yuguruvchiiing takroriy urinishla rida xam tezkorlik pasaymasligi kerak..
Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharoitda utadi, shuning uchun dam
olish intervali urinishlar orasida kislorodga muxtojlikni kondira oladigan darajada
belgilanishi (urnatilishi) lozim. Ularning oraligini yengil yugurish, osoyishta yurish va
boshqalar bilan tuldirish lozim. Emotsionallik va ko’zgalishning yuqori darajasi
tezkorlik imkoniyatlarini namoyon bulishi uchun sharoit yaratadi. Bunda uyin va
musobaka metodlari(bu metodlardan jismoniy madaniyat metodlari mavzusida
tanishamiz) maqsadga muvofiqdir.
Agarda tezkorlik ishi charchash ko’zga tashlana boshlaganda bajaril sa, maksimal
tezkorlik emas, tezkorlik chidamliligi rivoj lanadi. SHug’ullanuvchiniig yoshi va
ularning indivndual xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini chegaralaydi.
Kizlarda kulay yosh 11-12, ugil bolalarda esa12-13 yosh xisoblanadi. Mashqlarni
standart ravishda takrorlayverish yoshlikdanok "tezlikning tusigini" vujudga kel tiradi.
Kichik maktab yoshidagilarda harakatli uyinlar, o`rta va katta maktab yoshida sport
uyinlari, tezkorlik bilan bajaradigan standart yugurishlardan foydalirokdir.
Harakat reaksiyasining tezligi deganda, individning kandaydir tan langan signalga,
buyrukka, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi. Harakat reaksiyasi ikki turga
ajratiladi: S o d d a(oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan
harakatlar orqali bsrilgai javob sanaladi. Murakkab reaksiya - tanlay olish
reaksiyasidir. Oldindan belgilangan harakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan
shartlangani tanlab olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir necha hara
katdan shartlanganinigina bajarish tushuniladi.
Harakatlanayotgan ob’ektga nisbatan reaksiya ko’pincha uyinlarda, aso san sport
uyinlarnda, sport yakka kurashida (masalan, uyinchining rakibn tomonidan yoki
sherigi tomonidan o’zatilgan tupni kabul qilib olish uchun chikishn) sport yakka
kurashida uchraydi. Murakkab harakat reaksiyasi davom etish vaqti soddasidanoddiy reaksiyadan birmuncha uzunrok bo’ladi. Sodda reaksiya "kuchi sh"(utish)
xususiyatiga ega: agarda individ (shaxs) biron-bir holatda signalga tez reaksiya kilsa,
boshqalariga xam xuddi shunga uxshagan sharoitda tez reaksiya qilishi mumkin. Qiyin
reak siyalar xususiyligi bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga
yaxshi reaksiya kilsa, uchta va undan ortik signallarga xam shunday tez reaksiya
kiladi, deyishimiz noto’g’ri bo’ladi.
Harakat tezligi reaksiyasini sekundlar va millisekundlar bilan ulchanadi. Tezlikni
rivojlantirish uchun vosita qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy
harakat reaksiyasi tezlik talab kiladigan turli harakatlarni bajarish davomida
rivojlanaveradi. Bunda harakat reaksiyasini "kuchish"i (tezlikning kuchishi) ko’zatil
maydi, ya’ni tezlik rekatsiyasini rivojlantirish bilan harakat tezligini rivojlantirish qiyin.
Harakat reaksiyasini rivojlan tirishda turli-tuman harakatli, sport uyinlarini vosita
sifatida kimmati yuqori, ammo basketbol ularning ichida yetakchi vositadir.
Asosiy metod-paydo bulgan, bo’ladigan signallarga imkoni bori cha tez reaksiya kila
olish. Analitik yendoshish metodi, ya’ni yengillashtirilgan sharoitda va tezlikda
harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish xam yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidan xam foydalaniladi (S.P.Gellershteyn 1958). Unda interval
vaqtini farqlay olish qobiliyatini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini
oshirish mashq kilinadi. Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaksiya qilish
vaqti ni oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga reaksiya qilishni talab kiluvchi
(masalan, tuxtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o’qituvchi signali,
buyrugi bilan yugurish yunalishini o’zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi.
Sport uyinlari reaksiya kila olish va uni madaniyatlaydigan eng yaxshi vositadir.

Yüklə 435,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin