Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Tarbiya koloniyalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish va



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
25.04.1997 (1)

126-modda. Tarbiya koloniyalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish va 
intizomiy jazo choralari 
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar ushbu Kodeksning 
102-moddasida
nazarda tutilgan 
rag‘batlantirish choralaridan tashqari: 
muassasa hududidan tashqarida o‘tkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini 
ko‘rishga yuborish; 
qisqa muddatli uchrashuv o‘rniga ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin 
qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga erkinlikka chiqarish; 
hibsxonada bo‘lish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida 
rag‘batlantirilishlari mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
50-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Jazoni o‘tash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga ushbu 
Kodeksning 
105-moddasida
nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga 
borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qo‘llanilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
51-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
127-modda. Hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo chorasini qo‘llash 
xususiyatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo o‘n to‘rt 
yoshdan o‘n oltigacha bo‘lgan mahkumlarga yetti sutkagacha, o‘n olti va undan katta yoshdagi 
mahkumlarga esa o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi. 


(127-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
 52-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qo‘yilgan mahkumlarning sayr qilish muddati 
sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
53-bandi
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(127-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuniga
asosan 
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin