Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. O‘qotar qurol qo‘llash asoslari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
25.04.1997 (1)

72-modda. O‘qotar qurol qo‘llash asoslari 
Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, eng 
so‘nggi chora sifatida o‘qotar qurol qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 
O‘qotar qurol quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: 
muassasa ma’muriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va o‘zga shaxslarni ularning hayoti 
va sog‘lig‘iga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qo‘lga kiritish 
maqsadida qilingan hujumni daf etish chog‘ida; 
garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va 
transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; 
jazoni ijro etish muassasasining qo‘riqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh 
bo‘lib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zo‘rlik bilan ozod qilishga 
urinishlarni to‘xtatish chog‘ida; 
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan 
mahkumni ushlash chog‘ida; 
mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini to‘xtatish chog‘ida. 
O‘qotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
21-
moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish 
muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
129-130-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
73-modda. O‘qotar qurol qo‘llash tartibi 
O‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin qurol qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va 
yuqoriga qarab ogohlantiruvchi o‘q otish kerak. Quyidagi hollarda o‘qotar qurol ogohlantirishsiz 
qo‘llanilishi mumkin: 
qo‘qqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, 
uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, 
garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport 
vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki ko‘rish cheklangan 
sharoitda qochilganda. 
O‘qotar qurol qo‘llanilganda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanganlarga 
tibbiy yordam ko‘rsatish uchun iloji boricha barcha choralar ko‘rilishi zarur. 
O‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga xabar 
qilinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
131 — 133-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin