82-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi
Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun xavfli bo‘lgan
og‘ir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqea) munosabati
bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (to‘rt sutkagacha) hisobga olmagan holda, yetti
sutkagacha bo‘lgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruxsat etilishi
mumkin. Mahkumlarga O‘zbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” 296-bandining
to‘rtinchi xatboshisi
,
309
,
310
,
328-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumning chetga chiqishga ruxsat so‘rab yozgan arizasini muassasa ma’muriyati bir
sutka ichida ko‘rib chiqadi. Bu haqda mahkumning shaxsi, xulq-atvori, tasdiqlovchi hujjatlar bor-
yo‘qligidan kelib chiqib qaror qabul qilinadi. Chetga chiqishga beriladigan ruxsatnoma prokuror
tomonidan tasdiqlanadi.
Quyidagilarga:
o‘ta xavfli retsidivistlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasining
uchinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish
jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
51
va
76-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom
.
(82-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-
iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda)
o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining
beshinchi qismi
.
majburiy davolanishdan o‘tayotgan va yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga chetga
chiqishga ruxsat berilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
181 — 194-moddalari
.
Chetga chiqish vaqti jazoni o‘tash muddati hisobiga qo‘shiladi.
Chetga chiqish bilan bog‘liq xarajatlar mahkum mablag‘lari hisobidan yoki boshqa shaxslar
tomonidan to‘lanadi.
Mahkumning belgilangan muddatda joyiga qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan
hollar yuz bergan taqdirda u borgan joydagi ichki ishlar organi boshlig‘ining qaroriga binoan qaytish
muddati, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatini albatta ogohlantirgan holda, besh sutkagacha
uzaytirilishi mumkin.
Mahkum belgilangan muddatda joyiga qaytishdan bo‘yin tovlagan taqdirda u ichki ishlar
organi tomonidan ushlanadi va jazoni o‘tash joyiga jo‘natiladi.
Mahkumlarning muassasa doirasidan chetga chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuniga
muvofiq
chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Dostları ilə paylaş: |