80-modda. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishi hamda saqlashi Mahkumlar posilka, yo‘qlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari,
shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va
jurnallarga obuna bo‘lishlari mumkin.
Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zo‘rlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi
nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.
Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli bo‘lgan posilka va
banderollar soniga kirmaydi.
Mahkum o‘z yonida ko‘pi bilan o‘n nusxa kitob va jurnal saqlashi mumkin. Mazkur
miqdordan ortiqcha adabiyot mahkumning roziligi bilan saqlash uchun topshiriladi, foydalanish
uchun kutubxonaga beriladi yoki uning qarindoshlari va boshqa shaxslarga jo‘natiladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 219 — 221 , 414 — 416-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 81-modda. Mahkumlarning kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rishi, radioeshittirishlar eshitishi Oldingi tahrirga qarang. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ishdan bo‘sh soatlarda, tungi dam olish
uchun ajratilgan vaqtdan tashqari, kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rish, radio eshittirishlar eshitish
huquqiga ega.
(81-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) Oldingi tahrirga qarang. (81-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)