(85-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ovqat normasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning
sog‘lig‘i holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining xususiyati va og‘irligiga qarab belgilanadi.
Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan korxona, muassasa va tashkilotlar mablag‘lari hisobidan
qo‘shimcha ovqat berilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II
guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy
xulosa asosida ularga qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin.
(85-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari,
vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni ta’minlash me’yorlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish
turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
49
,
158
,
180 – 185
,
364 — 367
,
369
,
370 -bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
(85-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuniga
muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan
ozod etilgan davrida respublika budjeti hisobidan ovqat beriladi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy bo‘linmaga kiritilib
ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari
hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab
qolinadi.
(85-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuniga
asosan
to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-
y., 03/19/558/3662-son)
Dostları ilə paylaş: