12-BOB. MAHKUMLARNING MODDIY-MAIShIY TA’MINOTI VA ULARGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISh LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning XV bobi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 84-modda. Mahkumlarning yashash joyi Oldingi tahrirga qarang. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar
joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, xonalar yoki kameralar
belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos
kelishi kerak.
(84-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son) Bir mahkumga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni normasi quyidagi miqdordan kam bo‘lishi
mumkin emas:
umumiy turar joylarda — ikki kvadrat metr;
tergov hibsxonalari va turmalarning umumiy kameralarida — ikki yarim kvadrat metr;
Oldingi tahrirga qarang. ayollar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar voyaga yetmaganlar saqlanadigan
koloniyalardagi umumiy turar joylarda — uch kvadrat metr;
(84-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15- fevraldagi O‘RQ-817-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda — to‘rt kvadrat metr;
intizomiy bo‘linmalarning kameralarida hamda soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish
huquqidan foydalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda
o‘tayotgan shaxslar uchun mo‘ljallangan xona tipidagi turar joylarda — to‘rt yarim kvadrat metr.
Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, ko‘rpa-to‘shak, choyshab va kerakli inventar
beriladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 24 , 31 , 39 , 46 , 63 , 361 — 363-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Oldingi tahrirga qarang. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan umumiy turar joylar maxsus
vositalar va moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091- son)