Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Ijtimoiy soliqni to‘lash va mahkumlarning pensiya ta’minoti



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
25.04.1997 (1)

96-modda. Ijtimoiy soliqni to‘lash va mahkumlarning pensiya ta’minoti
(96-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli 
Qonuni
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Jazoni ijro etish muassasalarining ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar 
mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq solish obyektidir. 
(96-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijtimoiy soliq to‘langan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning 
umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Muassasa ma’muriyati mahkumning jazoni o‘tashi davrida soliq to‘langanligi haqidagi 
ma’lumotnomani:
mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinishidan kamida uch ish kuni oldin 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 
tuman (shahar) bo‘limiga elektron tarzda yuboradi;
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotganida mahkumga qog‘oz shaklida beradi. 
(96-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli 
Qonuniga
 asosan 
ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 
03/23/817/0091-son) 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani to‘lash 
ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda to‘xtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan 
mahkumlar mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar 
pensiyani qonunchilikda belgilangan tartibda olishi mumkin.
(96-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan 
shaxslarga pensiya tayinlash va to‘lash manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari 
tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonunchilikka muvofiq davlat 
pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘ladi. 
(96-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 
Qonunining 
53
1
-moddasi


Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin