Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarni ust-bosh bilan ta’minlash



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
25.04.1997 (1)

86-modda. Mahkumlarni ust-bosh bilan ta’minlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotgan 
shaxslar bundan mustasno respublika budjeti hisobidan belgilangan namunada kiyim, mavsumga 
qarab, mahkumning jinsi va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ichki kiyim va poyabzal bilan 
ta’minlanadilar. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
149

158

368

369

503-bandlari 
va 
3-ilovasi 
(ro‘yxat 
raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
(86-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda) 
87-modda. Mahkumlarning tibbiy-sanitariya ta’minoti 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etish joylarida davolash-profilaktika yordami va sanitariya ishi hamda 
epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 


(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Mahkumlarga tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatish uchun statsionarlari bor tibbiy bo‘limlar, 
sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun davolash muassasasi huquqiga 
ega bo‘lgan koloniyalar, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mahkumlarga mo‘ljallangan 
ixtisoslashgan kasalxonalar tashkil etiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish 
chog‘ida, jazoni o‘tash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marta, shuningdek 
murojaatlarga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish maxfiylik shartlari 
asosida amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul 
qilingan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida u bilan suhbat o‘tkaziladi, mahkum jazoni ijro etish 
muassasasining karantin xonalarida tibbiy ko‘rikdan va sanitariya-gigiyena tadbirlaridan o‘tadi.
Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan 
shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilinayotganda ham, shoshilinch tibbiy yordamga 
muhtoj bo‘lganda ham tibbiyot xodimlari ushbu shaxslarning yoniga zudlik bilan kirishini ta’minlashi 
kerak.
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lganda ozodlikdan mahrum etishga hukm 
qilingan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga 
joylashtiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj 
bo‘lgan shaxslar davolash muassasasi huquqiga ega bo‘lgan koloniyalarga yoki ozodlikdan mahrum 
etishga hukm qilingan shaxslar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga yuboriladi, 
shuningdek ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga 
joylashtirilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, jazoni 
ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumning roziligi bilan uning yaqin qarindoshlariga yoki 
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning o‘zi ko‘rsatgan boshqa shaxslarga bu haqda 
darhol xabar beradi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs og‘ir kasallikka chalingan taqdirda
telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashishga, shuningdek shifokorning ruxsati bilan qo‘shimcha 
uchrashuvga ruxsat beriladi. 
(87-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli 
Qonuniga 
asosan 
uchinchi — to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-
y., 03/19/530/2769-son)
Mahkumlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularga dori-darmon vositalari berish, sanitariya 
nazoratini tashkil etish va olib borish, davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanish, sog‘liqni 
saqlash organlarining tibbiy xodimlarini jalb etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda 
belgilanadi. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti 
respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi. 
Mahkumlar shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga, sanitariya talablariga rioya etishlari 
shart. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish 
muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti bo‘yicha 
qoidalar
” (ro‘yxat raqami 
3159, 20.05.2019-y.), “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi 
jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
372 – 373-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 
29.07.2013-y.). 



Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin