(73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-
avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-
modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu
moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida
talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan
qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun
sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
Oldingi tahrirga qarang.
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar
shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini;
(73-modda uchinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining
2023-yil
23-martdagi
O‘RQ-825-sonli Qonuni tahririda
—
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) o‘ta og‘ir
jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli
ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan
qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa,
sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab
bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
(73-modda uchinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining
2023-yil
23-martdagi
O‘RQ-825-sonli Qonuni tahririda
—
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-
moddasi.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
Oldingi tahrirga qarang.
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan
shaxsga;
(73-modda to‘rtinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining
2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
b) o‘ta xavfli retsidivistga;
v)
uyushgan
guruh
yoki
jinoiy
uyushmaning
tashkilotchi
va
qatnashuvchilariga;
Oldingi tahrirga qarang.
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik,
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga
tekkanlik yoki unga
nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz
yoshga to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy
usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, o‘n olti
yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy
usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga
yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish,
reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib
kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik,
reklama qilganlik,
namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega
harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan
holda qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil
etganlik yoki saqlaganlik,
O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat
sodir etganlik,
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in
qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon
bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilganlik uchun hukm qilingan
shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(73-modda to‘rtinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining
2023-yil
11-apreldagi
O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda
—
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-
moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning
o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud
ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo
tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan
mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib
qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya
aktlarini
qo‘llashning
ayrim
masalalari
to‘g‘risida”gi
qarori
15-
bandining to‘rtinchi xatboshisi.
Dostları ilə paylaş: