Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi
mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-
moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(74-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-
moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish
turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat
raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
Dostları ilə paylaş: