XIV bob. Sudlanganlik 77-modda. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib
chiqadigan huquqiy holatdir.
Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab
shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs
sudlanmagan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XIII bobi (“Jazodan ozod qilishning turlari”), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 528- moddasining birinchi va ikkinchi qismlari. Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi
jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib
tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 78 va 79-moddalari. Jazoni o‘tagan, ammo qonunning o‘zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat
deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun
tayinlangan jazoni o‘tab bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi
belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22- dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6 va 7-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari.