Ishlash jarayonida ko’prik konstruksiyalari turli xil ta’sirlar va turli xil yuklarni o’ziga qabul qiladi. Тa’sirlar kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin.
Kuchli yuklarga, ya’ni tashqi kuch sifatida ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi:
– foydali yuklar, ya’ni konstruksiya qabul qilishi lozim bo’lgan yuklar (transport, mashina va asbob-uskunalar vazni, texnologik materiallar hamda odamlar og’irligi kabilar);
– zilzila va dinamik kuchlar ta’sirida vujudga kelgan inersion yuklar va hokazo.
Harorat, namlik, radiatsiya, zararli muhit kabi ta’sirlar kuchsiz, ya’ni kuchga bog’liq bo’lmagan ta’sirlarga kiradi.
Hisoblash jarayonida ishtirok etadigan yuklarni belgilashda konstruksiyani mustahkam va, ayni bir paytda, tejamli bo’lishini yodda tutishimiz lozim. Yuklar konstruksiyaning vazifasiga qarab turlarga ajratiladi. Me’yoriy yuklarni turlari “Yuklar va ta’sirlar” deb nomlangan qurilish me’yorlari va qoidalarida (KMK 2.01.07–97) batafsil bayon etilgan [7]. Me’yoriy yuklar konstruksiyaning tejamlilik talablariga javob beradigan tarzda belgilanadi.
Тemirbeton konstruksiyalarini hisoblash nazariyasi ana shu ta’sirlarning barchasini inobatga ola bilishi zarur (1.1-jadv.).
1.1-jadval
Yuklarning sinflanishi
Yuklar va ta’sirlar
Doimiy
Kurilish konstruksiyalari vazni, tuproq og’irligi va bosimi, oldindan uyg’otilgan zo’riqish va boshqalar
Vaqtincha (muvaqqat)
Uzoq muddatli
Jihozlar vazni, gaz, suyuqlik va sochiluvchan jism bosimi, bitta krandan tushgan yuk va boshqalar
Qisqa muddatli
Хarakatlanuvchi tarkib, odamlar vazni, kranlar, telferlar, vaqtincha jihozlar, qor og’irligi, shamol bosimi va boshqalar
Maxsus
Zilzila va portlash ta’siri, avariya yuklari, gruntning notekis cho’kishidan hosil bo’lgan yuklar