«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Тemirbeton oraliq qurilmalar konstruksiyalarining detallari



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə34/38
tarix11.05.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#111409
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Òoshkent temir yo’l muhandisla

2.9. Тemirbeton oraliq qurilmalar konstruksiyalarining detallari


Ko’prik polotnosi va trotuarlar. Тemirbeton oraliq qurilmalar ko’prik polotnosi, qoidaga ko’ra, harakatlanish ballast uzra o’rnatiladi. Yo’lni bevosita temirbeton plitaning ustiga qotirib, shuningdek yo’lni temirbeton, yog’och yoki metall ko’ndalang bruslarda o’rnatib qo’llash imkoni bor.
Qatnovi ballast uzra bo’lgan ko’prik polotnosi (2.40-rasm) relslar, qotiruvlar va shpallardan iboratdir. Ko’prikning uzunligi 25 m dan ortiq bo’lganida yoki u radiusi 1000 m dan kam bo’lgan egrilikda joylashganida qo’riqlov moslamalari (aksburchakliklar yoki aksrelslar) o’rnatiladi. Qo’riqlov moslamalariga ega bo’lgan ko’priklarda yo’lning 1 km iga kamida 2000 shpala o’rnatiladi, qolgan ko’priklarda esa shpalalarning miqdori xuddi ularga yondosh uchastkalardagidek bo’lishi kerak.



2.40-rasm. Ballst uzra ko’prik polotnosi: a – to’ppa-to’g’ri uchastkada; b – yo’lning egri uchastkasida


Yo’lning egri uchastkalaridagi ko’priklarda tashqi relsning ichkisidan balandroq bo’lishiga ballast qatlamining qalinligini orttirish evaziga erishiladi. Shu o’rinda loyihada ballast koritasining bortini orttirish ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Тashqi rels tarafidan ballast prizmasining o’lchami 10 sm ga oshiriladi.


Ballast koritasining 2.40-rasmda ko’rsatilgan o’lchamlari foydalanilayotgan ko’priklar uchun hosdir. Yangi ko’priklarni qurishda hamda mavjudlarini qayta tiklashda ballast koritasining o’lchamlari chaqiqtoshtozalagich mashinalarning o’tishini ta’minlashi kerak (2.41-rasm). Ushbu holat uchun ballast prizmasining asosiy o’lchamlari 2.1-jadvalda berilgan. Qatnovi ballast uzra bo’lgan ko’priklar uchun zarbaga qarshiligi va sovuqbardoshligi yetarlicha bo’lgan chaqiqtosh qo’llanishi kerak. Chaqiqtosh zarralarining o’lchami 25...60 mm bo’lgan bir xil fraksiyali bo’lishi kerak. Kichikroq o’lchamli, shuningdek changsimon zarralar ko’pi bilan 1% dan oshmasligi kerak. Chaqiqtosh toza bo’lishi hamda loy, tuproqning o’simlik qatlami parchalari va bo’lak aralashmalarga ega bo’lmasligi kerak. Yo’lni ballastlash uchun ko’priklarda asbest sanoati chiqindilaridan olinadigan asbestli ballast ham qo’llanishi mumkin.
2.1-jadval



Yuk tashib o’tkazish hajmi, yiliga mln. tkm/km

Yo’lning tepa qurilmasining xili

Shpala ostidagi ballast qatlamining qalinligi, sm

Ballast prizmasi yelkasining kengligi s, sm

temirbeton

yog’och

50 dan ortiq

O’ta og’ir

35

30

45

50 gacha

Og’ir va me’yoriy

35

30

35

Bunday holatda koritaning past qismiga 20 sm balandlikda chaqiqtoshning drenajlaydigan qatlamini (5...25 mm li fraksiyalar) to’shaladi hamda uning ustiga asbestli balllast qatlami solinadi, shu o’rinda shpala ostidagi asbest ballastining qatlami kamida 10 sm bo’lishi kerak.


Тemirbeton ko’priklarda tajriba tariqasida yo’lni bevosita temirbeton plitaga qotiruvchi ko’prik polotnosining konstruksiyasi qo’llanishi mumkin. Bu yerda aksburchakliklar va relslarni qotirilishi, metall oraliq qurilmalarda qo’llaniladigan temirbeton plitalardagi ballastsiz ko’prik polotnosi konstruksiyasiga o’xshash bajariladi. Aksburchakliklar yoki aksrelslar ko’priklarda chetki tayanchlar orqa yoqlari aro yotqiziladi. Aksburchakliklar (aksrelslar) uchlari chetki tayanch orqa sirti ortiga kamida 10 sm chiqarib qo’yilishi va, payvandli moslama – boshmoq bilan tugallanadigan “moki” bilan yo’l o’qiga keltirilgan bo’lishi kerak (2.42-rasm). Uzunligi 25 m dan ortiq bo’lgan barcha ko’priklarda hizmat ko’rsatuvchi xodimlarning yurib o’tishi uchun panjaraga ega bo’lgan ikki taraflama trotuarlar ko’zda tutiladi.



2.41-rasm. Chaqiqtoshtozalagich mashinani o’tkazishni ko’zda tutadigan ballast koritasi; a – yog’och shpalali; b – temirbeton shpalali



2.42-rasm. Ko’prik oldida aksrelslarning joylanish sxemasi:


1 – aksrelslar; 2 – moki; 3 – boshmoq; 4 – chetki tayanchning orqa sirti

Тrotuarlar shuningdek balandligi 5 m dan ortiq bo’lgan barcha ko’priklarda, hamda stansiyalar chegaralarida joylashgan barcha yo’l o’tkazgichlar va ko’priklarda o’rnatiladi. Shimoliy qurilish-iqlimiy sarhadlardagi uzunligi 10 m dan ortiq barcha ko’priklar trotuarlarga ega bo’lishi kerak.


Industrial yasaladigan temirbeton oraliq qurilmalarda trotuarlar, qoidaga ko’ra, yechma konstruksiyalar ko’rinishida o’rnatiladi. Bunday holatda temirbeton trotuar plitalari sifatida yotqiziladigan metall yoki temirbeton konsollardan foydalaniladi (2.43-rasm). Metall konsol 75×75×8 mm burchaklikdan yoki №18a shvellerdan qilingan payvandlangan quti ko’rinishida bajariladi. Konsol ballast koritasining bortchasiga ikkita M27 bolti bilan qotiriladi. Panjara to’siqning ustunlari 75×75×8 mm burchaklikdan qilinadi va konsollarga ikkita M20 boltlar bilan qotiriladi. Тemirbeton konsollar ham qutisimon shaklga ega. Ular M38 boltlari bilan qotiriladi. Тirama sterjenlar bu yerda trotuar plitalarining holatini mustahkamlash uchun o’rnatiladi. Panjara-to’siq metall konsollardagidek o’rnatiladi.



2.43-rasm. Тrotuar konsollari: a – metall konsol (tarxda trotuar plitasi ko’rsatilmagan); b – temirbeton konsol; 1konsolni qotirish bolti; 2 – kommunikatsiyalar uchun to’shama;


3 tirama sterjenlar

Yo’lning egri uchastkalaridagi ko’priklarda ichki trotuar konsoli, egrining radiusiga bog’liq bo’lgan o’lchamga uzaytiriladi. Chaqiqtoshtozalagich mashinalarni o’tkazish uchun orttirilgan ballast koritali oraliq qurilmalarda yon trotuarlarni o’rnatmasa ham bo’laveradi. Yo’lning o’qidan panjaralarning eng turtib chiqib turuvchi qismlarigacha bo’lgan masofa yo’lning to’ppa-to’g’ri uchastkalarida kamida 2480 mm, egrilardagi ko’priklarda esa bu masofa uzaytiriladi.


Uzunligi 50 m dan ortiq bo’lgan ko’priklarda, tezkor xarakat uchastkalarida hamda shimoliy iqlimiy sharoitlarda esa uzunligi 25 m dan ortiq bo’lgan ko’priklarda ham poyezdlar o’tib borayotganida odamlar va materiallarni joylashtirib turish uchun panagoh-maydonchalar ko’zda tutilishi kerak. Panagohlar uzaytirilgan temirbeton yoki metall konsollarda 50 m (tezkor harakat uchun 25 m) oralatib shaxmat tartibida joylashtiriladi. Yangi ko’priklar uchun panagohlarning kengligi kamida 1 m va uzunligi – kamida 3 m bo’lishi kerak.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin