2.XX asrni 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Sovet davrida O‘zbekiston xom- ashyo yetkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Paxta yakkahokimligi o‘rnatildi. Sobiq sovet davlatining markaziga xom-ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida cho‘l zonalariga ham paxta ekila boshlandi. Bu esa Markaziy Osiyoda ekologik muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqardi.
Uzoq yilllar davomida qishloq xo`jaligini ekstensiv rivojlantirilishi, paxtachilikka аsosiy e`tibor qaratilishi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekogologik vaziyatni yana keskinlashtirdi. Buning ustiga markazning ko`rsatmalari asosida paxta ekin maydonlari doimiy ravishda kengaytirilib, g`alla maydonlari esa qisartirilib borildi. Masalan, 1985-yilda paxta maydonlari 1989,8 ming gegtarni tashkil qilgan bo`lsa,1986-yil bu ko`rsatgich 2054,0 gegtarga yetkazildi. G`alla maydonlari muttasil ravishda kamaytirilib borildi. Bunday nomutanosiblik chetdan don sotib olish hajmini yanada oshirdi. Paxta yakka hokimligi oqibatida respublika iqtisodiyoti xom-ashyo yetkazib beradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. Bu respublikada shundoq ham og`ir holatda bo`lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Markazning paxtachlikni jadal rivojlantirish siyosati oqibatida ko`plab suv omborlari qurilishi, sug’oriladigan yer hajmining kengayib suv isrofgarchiligiga yo`l qo`yilishi natijasida ekogologik vaziyat keskinlashdi. Amudaryo, Sirdaryo daryolaridan Orol dengiziga qo`yiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi.Orol fojiasi ro`y berdi. Oqibatda dengiz 1969-yildagi holatiga nisbatan 1990-yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi 54%ga qisqarib, dengiz 743 km kub suv yo’qotdi.1989-yilga kelib uning zaminida ikkita bir biridan ajralgan ko`l paydo bo`lgan. Orol dengizi o`zining Respublika xalq xo`jaligida baliq mahsulotlar yetishtirishdagi yetakchi o`rinini yo`qotdi. Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda dengiz atrofidan buronlar ko`tarilishi natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha chang va tuz ko`tarilgan. Zaharli tuzlar nafaqat Orol havzasida balki Yevropa hamda Osiyoning turli mamlakatlariga tarqalgani kuzatilgan.
Respublikada ekologik vaziyatning keskinlashuvi, jumaladan ichimlik suvi bilan ta`minlanishi yamonligi, suvdagi minerallashuvning o’sishi, dengiz tubidan katta miqdorda ko`tarilayotgan chang , tuz va minerallarning atrof- muhitni zaharlashi oqibatida dengiz havzasi qishloq aholisining 87 foizi yuqumli kasalliklarga chalinganligi, hamda bolalar o`lim darajasi baland ekanligi aniqlangan. Jumlada , O`zbekistonda 1985-yilda har 1000 nafar chaqaloqdan 46,2 foizi o`lgan. Bu ko`rsatgich Qoraqalpog`iston Respublikasida 62,5, Surxondaryo viloyatida 55,2, Xorazm viloyatida 50,4 foizni tashkil qildi. Ammo O`zbekistondagi og`ir ekologik vaziyat, Orol dengizi hududi aholisining salomatlik darajasini pasayib borayotganligi, mazkaziy siyosiy rahbariyatni tashvishga solmadi.
O`tgan asrning 80-yillariga kelib faqat xom-ashyo yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo`rt iqtisodiyotga ega bo`lgan O`zbekiston asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha sobiq ittifoqdagi o`rtacha ko`satgichdan ancha orqada bo`lib, mamlakatda oxirgi o`rinlarga tushib qolgan edi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o`rinni, daromad darajasi hamda asosiy turdagi mahsulotlarni iste`mol qilish jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida esa 2 borabar, orqada edi.
Xalq boqimandachilik va befarqlikka o‘rgatildi, faolligi susayib bordi. Milliy g‘urur tushunchalariga zarba berildi. Barcha sohalarda davlat hukmronligining o‘rnatilishi egasizlik va o‘zibo‘larlikka olib keldi. Xalq ijodkorligiga yo‘l qo‘yilmadi. Vazifalar faqat buyruq asosida belgilandi. Ziyolilarning qirib tashlanishi, yoxud iskanjaga olinishi milliy poklanish jarayonini pasaytirdi. Sovet davlatining beshafqat jazolovchi mashinasi xalq ko‘nglida qo‘rquv va umidsizlik uyg‘otdi.Yurtimizda ruslashtirish siyosati kuchaydi va Davlat tili rus tili deb belgilandi.
O‘zbek xalqi ham sovet davlatida yashovchi boshqa xalqlar qatorida iskanjada ushlanib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan taraqqiyot va integratsiyadan uzib qo‘yildi.O‘zbek xalqining tarixi, buyuk ajdodlari hayotining xolisona o‘rganilishiga ataylab to‘siqlar o‘rnatildi. Bu borada maxsus qarorlar qabul qilindi. Islom dini va milliy bayramlarning yo‘q qilinishi ma’naviy bo‘shliq kelib chiqishiga zamin yaratdi.
«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi.
1987- yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.
1980- yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSS(Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi)ning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.
To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi.