Ўзбекистоннинг энг янги тарихи Маъруза дарслари



Yüklə 298,91 Kb.
səhifə44/74
tarix09.10.2023
ölçüsü298,91 Kb.
#153238
növüСеминар
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Хемис учун материал Ўзб энг янги тарихи 1 курс

Turkiya O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 4 martda o’rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O’zbekiston elchixonasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.).
2017 yil 25-26 oktyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi amalga oshirildi.
Turkiya prezidentlari T.Ozal (1993y.), S.Demirel (1996y., 1996y., 1999y.), N.Sezer (2000y.) R.Erdog’an (2016y.), bosh vazirlari S.Demirel (1992y.), T.Chiller (1995y.), M.Yilmaz (1998y.) va R.Erdog’an (2003y.) O’zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan.
O’zbekistonga Turkiya Tashqi ishlar vazirlari X.Chetin (1994y.), I.Jem (2000-2001yy.), A.Davutoglu (2014y.), M.Chavushog’lu (2017 va 2018yy.), Turkiyaga O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (2003y.) tashrif buyurgan. 2014 yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov Anqara shahrida o’tkazilgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning inaugurasiya marosimida ishtirok etdi.
O’zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 9 ta raundi o’tkazilgan (oxirgisi 2018 yil 20 martda Anqara shahrida).
2017 yil 14 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo’yicha parlamentlararo guruhi tuzildi. Uning rahbari Oliy Majlis Senati raisining birinchi o’rinbosari S.Safoyev hisoblanadi.
Turkiya O’zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi (Rossiya, Xitoy va Qozog’istondan keyin 4-o’rinda).2017-yil yakunlariga ko’ra, o’zbek-turk savdo aylanmasi hajmi 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
1991 yil 16-19-dekabr kunlari I.A.Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegasiyasi Turkiyada bo’ldi. Safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida Protokol imzolandi. Shu bilan bir qatorda safar chog’ida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm, transport va kommunikasiyalar bo’yicha hamkorlik qilish haqida bitim, protokol va hujjatlar imzolandi. O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi.1992 yil 28-aprel kuni O’zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada esa O’zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat o’rtasida hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O’zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiq qo’shma korxonalar barpo etildi. Ikki mamalakat o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992 yilda 75 million AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998 yilda 275 million dollarga ko’paydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdug’onning taklifiga binoan Turkiya davlatiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasida savdo- iqtisodiy, siyosiy, turizm, transport, logistika, madaniy- gumanitar va boshqa sohalarda, jami 3.5 mld dollar hajmidagi 30 dan ortiq loyihalar bo’yicha bitimlar imzolandi. Tashrif chog’ida ikki mamalakat o’rtasida tovar ayrboshlash hajmi 2020 yillarga borib 3-4 mld dollarga yetkazishga kelishuvga erishildi.

Yüklə 298,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin