28
(idealistik bo‘lsa ham) ishlab chiqishi Aflotun ijodining ratsional mag‘zini
tashkil etadi.
Aflotun “ideal davlat” ta’limotini ma’qullab,
bu davlat fuqarolarini uch
tabaqaga:
1) davlatni idora qiluvchi faylasuflar - dono; 2) davlatni ichki va tashqi
dushmanlardan asrovchi qo‘riqchi askarlar - jasoratli; 3) jismoniy mehnat
bilan shug‘ullanuvchi dehqonlar, hunarmandlar, itoatkorlarga bo‘ladi.
Qadimiy Grek faylasuflaridan
yana biri bu
Arastu
dir.
Arastu
(eramizgacha 384-322 yillar) fanlar klassifikatsiyasini birinchi bo‘lib tuzib
berdi (falsafa, matematika, fizika). Uning fikricha, falsafa borliq to‘g‘risidagi
fan, matematika va fizika borliqning ba’zi xususiyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Arastu Aflotunning davlat nazariyasini tanqid qildi va quldorlik
tuzumini tan oldi. U o‘z ijodida falsafa fanini amaliy faoliyatdan ajratib oldi,
ya’ni bilim moddiy manfaatdan yiroq bo‘lsa, ilmiyroq bo‘ladi, deydi. Arastu
ob’yektiv tabiatni bilishni, bilimning asosiy sharti deydi, lekin u izchil
materializm pozitsiyasiga o‘ta olmadi. Materiya Arastuning fikricha, passiv
imkoniyat, shakl faol o‘zgarish manbaidir. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi
bog‘lanishni ko‘rsatib, harakat, o‘zgarishning
manbai ekanligini aytsa-da,
lekin harakat, buyumlarning ichki ziddiyatlarida ekanligini ko‘ra olmadi.
U bilish jarayonini materialistik asosda tushuntiradi. Bilish manbai
tabiatning o‘zidir, deb ob’yektiv borliqni qo‘yadi. Sezgilar orqali olingan
hissiyot narsa va hodisalar siymosidir, deydi. Lekin sezgini chegaralab
qo‘yadi. Sezgilar umumiy shaklni, ya’ni shakllar shaklini - xudoni bilishga
imkon bera olmaydi.
Arastu o‘z ijodida sezgilar asosida topilgan bilimni tafakkur orqali hosil
qilingan bilimdan ajratib qo‘yadi. Arastu kategoriyalar
klassifikatsiyasini
ishlab chiqdi. U imkoniyat va voqelik, materiya va shakl, mohiyat va hodisa
kategoriyalarini dialektika asosida tushuntirishga urindi, lekin to‘la dialektik
asosda hal qila olmadi. Din arboblari uning sodda
dialektikasini uloqtirib,
metafizikasini olib qoldilar.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi II asr oxiri I asrning boshida
Demokrit tarafdorlari ko‘proq materialistik fikrlarni olg‘a surdilar.